Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
199 Ki, kasratdin ko‘runmay tog‘ ila tuz. Yaqo birla yurub Farhodi mahjur, Yonida gom urub bechora Shorur. Xirom aylab hunarmandi yagona, Ko‘zidin yosh o‘lub turmay ravona. Tushub dilbar xayoli joni ichra, Solib o‘t xotiri vayroni ichra. Suyin turg‘uzmayin ko‘zida qayg‘u, Arig‘ novig‘a oqib ashkidin suv. Bu qayg‘u eltibon oni o‘zidin, Oqib bechoraliq ashki ko‘zidin Ki, mundoqkim el o‘lmish dashtraymoy, Tamosho qilg‘ali kelgaymu ul oyg‘ Agar kelsa meni bemor o‘larmen, Vagar ham kelmas o‘lsa, zor o‘larmen! Ani bu fikr andoq aylabon lol Ki, fahm aylab ulus tavridin ul hol. Mihinbonu aning keynicha pokib, Surub atboi beroyon mavokib. Tajammul onchakim, el fahmi yetmay, Takalluf onchakim, el bovar etmay. Aning har gomig‘a aylab nisori, Sochib boshig‘a naqdi beshumori. Sinuq boshig‘a bo‘lmoq la’lu durrosh, Ko‘runub bahr aro yoqqon kibi tosh. Surub ollig‘a gardunvash mavokib, Bori sur’atda andoqkim kavokib Ki, minmakdin bo‘lub oromi oning, Dame ting‘ay qoborg‘on gomi oning. O‘pub ul bodrolarning ayog‘in, Tushub yo‘lg‘a tutub ikki qulog‘in. Ulus holig‘a oning zor yig‘lab, Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 200 Qilib dardi ko‘ngulga kor yig‘lab. Qo‘yub ul gomu el keynicha anbuh, Qayu anbuh, balkim ko‘h to ko‘h. Qayon ul ketti el keynicha ketti, Bu holat birla suv boshig‘a yetti. Zamone tinmog‘in qildi bahona Ki, yetgaymu ul oshubi zamonag‘ Ko‘zida suv va lekin jonida o‘rt, Bo‘lub har sori boqmoqdin ko‘zi to‘rt. Ketur, soqiy, mayu, daf’ et xumorim Ki, o‘lturdi xumori intizorim. Xumori hajr bas muhlik balodur, Anga yo vasl yoxud may davodur. XXXIV Farhodning «Ayn ul-hayot» suyin «Bahr un-najot» havzi arig‘ig‘a ochib, ko‘zidin ul chashma rashahotidek ashki rudin sochib, Armaniya sori xiromi va xaloyiqning ul arig‘ atrofida tamosho uchun g‘avg‘oyi omi va Parivashning Parikash devzodi ro‘yadin qolmoq va Farhod devonavor Parikash bila Parivashin egniga olmoq va Armaniya tog‘i sori barqdek gom solmoq va falaki qadxamdek mehr ostida yugurmak va mehrni falak ayvonig‘a yetkurmoq va junun Bu ko‘hsor ichra xoro aylagan chok, Quyar mundog‘ ziloli sofiyu pok Ki, chun Farhod suv ochmoqqa ketti, Xabar har soridin Shiring‘a yetti. Kim, ul qozib arig‘e poku soda, Necha ishlar dog‘i aylab ziyoda. Yasab ul nav’ qasri charxmonand Ki, topib kungiri gardung‘a rayvand. Bu yanglig‘ kilk ila tahriri oning, Bu yanglig‘ naqsh ila tasviri oning. Qilib ishlarki, qilmay odamizod, Bo‘lub ko‘rmakdin oni odami shod. Qo‘yub ko‘ngliga yuz ko‘hi alamni, To‘kub ko‘zdin tuman ming seli g‘amni. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling