Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
191
Aningdek xora chormoq etti bunyod 
Ki, chiqti tog‘din gardung‘a faryod. 
Qachon tosh uzra metin tez soldi, 
Falak toqig‘a rustoxez soldi. 
Dami dudi bila metini gardi, 
Yoshurdi ko‘zga charxi lojuvardi. 
Ne gardu dud, mig‘i dardu anduh
Tutub Arman hududin ko‘h to ko‘h. 
Dema mig‘, aytqil abri bahoron, 
Yog‘in birla tagargi sangboron. 
Hamul metinki tosh uzra bo‘lub g‘arq, 
Damo-dam lam’asidin ko‘rguzub barq. 
Ne soatkim xaroshi xora aylab, 
Qatiq xoroni andoq rora aylab 
Ki, bolchig‘ rushtasin no‘gi itik bel
Va yo roru bila qor oritur el. 
Kecha-kunduz ne tinmoq, ne tayonmoq, 
Ne bir dam qon yutardin ko‘ngli qonmoq. 
Tamoshosig‘a har kun xayl-barxayl, 
Ulus ul sori tush-tushdin qilib mayl. 
Qilib har kim nazar oning ishiga
Tahayyur barmog‘in eltib tishiga. 
Ko‘rardin yo‘q kamarburlarg‘a to‘ymoq, 
Ne haddi yerga rushti dast qo‘ymoq. 
Aning xorog‘a mundoq kov-kovi. 
Bu so‘zni bo‘yla taqrir etti rovi 
Kim ul tunkim Mihinbonu uyidin, 
Mihinbonu yo‘q, ul mahro‘ uyidin 
Kelib o‘z holiga ul hushi zoyil
Chiqib bo‘ldi hamul tog‘ sori moyil. 
Chu torti xira ko‘zlar subhdin nur, 
Ne ul xayl oni tortilar, ne Shorur. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
192
QO‘pub Shorur xud keynicha bordi
Vale Shirin ko‘zi g‘amdin qorordi. 
Topib Shorur, o‘lub g‘amdin yana shod, 
Tushub hajr o‘tig‘a Shirini noshod. 
Qo‘yub Shorur ayog‘iga aning bosh, 
To‘kub Shirin firoqidin aning yosh. 
Tegib hijron o‘qi mahvashqa kori, 
Ilikdin ko‘rdi borur ixtiyori. 
Bahona bo‘yla qildikim: «Bu bedil 
Ki, qilmish erdi bu kishvarni manzil. 
Bu ishkim tog‘ aro men soz etibmen 
Ariq qozmoq ishin og‘oz etibmen. 
Hamono ul yigitni Hayyi Soni’, 
Mening ranjimni qilmasliqqa zoyi’. 
Bu marzu bum sori kelturubtur 
Ki, sarvaqtimg‘a oni yetkurubtur. 
Ani gar tormasoq bu ish qililmas, 
Vagar yuz qarn sa’y etsak qozilmas. 
Kishilar har sori chormoq keraktur
Qayon bo‘lsa ani tormoq keraktur». 
Mihinbonu ul oy jahdu shitobin, 
Chu ko‘rdi fahm qildi iztirobin 
Ki, xopokan damidin shu’lai garm 
Qilibtur xoradek ko‘nglin aning narm. 
Nasihat bildikim ko‘p naf’ bermas, 
O‘ziga keltururning vaqti ermas. 
Qilib ul ishda hikmatlar rioyat, 
Ani tormoqqa jahd etti bag‘oyat. 
Topib, filhol qildilar xabar fosh 
Ki, oriqda burung‘idek qozar tosh. 
Bilib, oyg‘a tarab yuzlandi chandon 
Ki, bo‘ldi lablari gulbargi xandon. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling