Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
185
Yo‘q ish oh urmoqu o‘lmoqdin o‘zga. 
Yururda raxshi aylab tog‘ni rast, 
O‘zi ot uzra jomi husnidin mast. 
Falak raxshida mehri xovaridek
Ne raxshu mehr, dev uzra Paridek. 
Qayonkim tavsanin aylab ravona, 
Yiroqtin alhazar aylab zamona. 
Bu yanglig‘ surdi xopoko‘b tavsan, 
Anga tegruki erdi xoraafkan. 
Biyikrak chiqtiyu har sori boqti, 
Zamin birla zamonni o‘tqa yoqti. 
Ne ko‘rdig‘ Xora ichra xorakove
Qozib xopoda metin birla nove. 
Dema nove, ne nove qaysi xoro, 
Bo‘lurcha o‘n tegirmon suvg‘a majro. 
Qilib xorog‘a barnoe siteza, 
Urub zarb aylar erdi reza-reza. 
Ne barnozod
10
, sarvi bo‘stoni, 
Ko‘rub davrondin osibi xazoni. 
Shukuhidin bo‘lub xoro haroson
QO‘pub metinining ollidin oson. 
Muqavvas qoshida chin, og‘zida band, 
Qadin g‘am tog‘i aylab qavs monand. 
Biyikrak haykali ahli zamondin, 
Fuzunroq shavkati rili damondin. 
Boshida tojvarlik farri raydo, 
Yuzida saltanat nuri huvaydo. 
Ayog‘ig‘a sinib xori mazallat
Boshini sindurub sangi mashaqqat. 
Jabinida muhabbat dardi zohir, 
Uzori uzra g‘urbat gardi zohir. 
Tanida benavolig‘din asarlar, 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
186
Yuzida oshnolig‘din xabarlar. 
Qo‘lida teshae, yo‘q teshakim, gurz, 
Bo‘lub tufroq aning zarbidin Alburz. 
Ko‘rub Shirinni hayrat lol qildi
Taajjub bir yo‘li behol qildi. 
Ko‘rungach ko‘zga mundoq chehri oning, 
Ichiga soldi sho‘rish mehri oning. 
Gahe ashki yugurdi shiddatidin, 
Gahe ko‘ngli buzuldi mehnatidin. 
Ochilmasdin burunroq rardai roz, 
Yaqinroq surdiyu so‘z qildi og‘oz. 
Labi la’lini gavharrosh qildi
Bu yanglig‘ nukta durrin fosh qildi 
Ki: «Yey nodir yigit ofoq ichinda, 
Yagona charxi nili toq ichinda. 
Ayon holingda ko‘r-ko‘p bulajabliq 
Ajabdin ham ajab ranju taabliq. 
Ne sen o‘xshab jahonda bir kishiga
Ne qilg‘on ishing o‘xshar el ishiga. 
Bu ishkim, biz demay bunyod etibsen, 
Bag‘oyat ko‘nglumizni shod etibsen. 
Bo‘lur erduk husuli ichra ojiz, 
Hunar ermas, qo‘lung ko‘rguzdi mu’jiz. 
Agar yuz qarn uzroyin bo‘loli, 
Netib bir kunchilik uzring qo‘loli. 
Ishing uzrida yuz bizdek o‘tongay, 
Ne bizdin, Tengridin ollingg‘a yong‘ay». 
Tilatti bir tabaq birla javohir, 
Dedi: «Muzdung emas, ey ishda mohir!» 
Qo‘lub uzr ul tabaq boshini ochti
Javohirni aning boshig‘a sochti. 
Parivash bu fasohat birla maftun, 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling