Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
189
Yonib o‘rdularig‘a zoru g‘amgin. 
Olib egniga mahdin nozaninlar, 
Yurub ollida giryon mahjabinlar. 
Solib bir borgah kunjida taxte
To‘shab ul taxt uza shohona raxte. 
Ani taxt uzra qo‘ydilar chekib oh, 
Ne ul eldin, ne o‘z holidin ogoh. 
Ketur, soqiy, sharobi bexudona 
Ki, bexudluq bila bo‘ldum fasona. 
Ajab behush o‘lubmen ishq aro bil
Meni bir jom ila behushroq qil. 
XXXII 
Farhodning madhush dimog‘iga hush bog‘idin nasim yetmak va nasimdek tebranib tog‘ sori azimat 
etmak va tesha bila tog‘ bag‘rin yormoq, balki tog‘ roralarni havog‘a uchurmoq bila qiyomat 
qo‘rarmoq va Shorur ani raydo qilib Shirinni aning g‘ami ishqi shaydo qilmoq va Shirinning ko‘ngli 
xorasini aning teshasi fikri xarosh qilg‘onin Mihinbonu ma’lum qilib, teshadek tafakkur boshin quyi 
solmoq va gohi diljo‘yluq bila ul bedilg‘a ko‘ngul bermak, balki ko‘eglin olmoq 
Bu mahd alvohig‘a qilg‘on nigorish, 
Bu yanglig‘ qissag‘a berdi guzorish 
Ki, chun zoyil bo‘lub Farhoddin hush, 
Ani yotquzdilar taxt uzra madhush. 
Ne ul ogah tiriklik olamidin, 
Ne jismida asar raydo damidin. 
Qolib bu nav’ ikki kecha-kunduz, 
Olib gah-gah nafas, lek ochmayin ko‘z. 
Hayoti qaydidin Shirin qilib sho‘r, 
Yangi jon topibon bechora Shorur. 
Uchinchi kecha uyqu el ko‘ziga 
Kim, ul ochib ko‘zin, keldi o‘ziga. 
Ko‘rub shohona taxtu borgohe, 
Yotib taxt uzra ul andoqki shohe. 
Necha ul hol aro qildi tafakkur, 
Tafakkurdin fuzun bo‘ldi tahayyur. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
190
Vale yodig‘a bu keldikim ul oy, 
Dema oy, oftobi olamoroy 
Aning sarvaqtig‘a solib edi nur, 
Bo‘lub erdi necha so‘z dog‘i mazkur. 
Yaqin bildiki borg‘ondur o‘zidin, 
Parining yo yuzidin, yo so‘zidin. 
Hayodin terga bo‘ldi abrdek g‘arq, 
Ul uydin chiqti sekrib o‘ylakim barq. 
Tafarrus qildikim mehri diloro, 
Aning holig‘a qilg‘ondur madoro
1

O‘zi chun qatlin og‘oz aylagandur, 
Azo birla sarafroz aylagandur. 
Sevunub tog‘ sari bo‘ldi shitobon, 
Xijolat birla qat’ aylab biyobon. 
Yetib oriqqa ko‘p aylab takuru, 
Hayo teridin andoq oqizib suv. 
Topib metini birla teshasini
Ayon aylab ravon o‘z reshasini. 
O‘zi birla debonkim: «Ul Parichehr, 
Meni majnunga muncha ko‘rguzub mehr. 
Yesim ketkonda e’zoz aylamishdur, 
Tarahhumdin sarafroz aylamishdur. 
Aning rodoshi ne kelgay ilimdin, 
Va yoxud shukri ne o‘tkay tilimdin. 
Hamono bu arig‘dur borcha komi 
Ki, itmomig‘a ko‘rtur ihtimomi. 
Umidim ulki umri tezrihlat 
Meni mahzung‘a bergay oncha muhlat 
Ki, bu komin ravo qilg‘oymen oning, 
Bu dardig‘a davo qilg‘oymen oning». 
Chu bu fikr etti ko‘ngli yangi boshdin, 
Chiqordi gard gardun uzra toshdin. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling