Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
183
Yotib mushaf yuziga kofiri mast. 
Bo‘lub sihhat olurda goh ranjur
Bo‘lub gah ayni usruklukta maxmur. 
Ko‘zi behol xoboludliqdin, 
Labi maygun sharoboludliqdin. 
Ne ikki anbaroso zulf vah-vah, 
Ne ikki jonfizo lab, Alloh-Alloh. 
Shakardek lab, vale yo‘q tuz kam anda, 
Tuzekim qandi olam-olam anda. 
Bu yanglig‘ qand ila tuz kimsa bilmay 
Kim, ul hayvon suyi ichra ezilmay. 
Savodi xoli o‘g‘riliqqa monand, 
Kelib kunduz kuni eltur uchun qand. 
Olib shirinliq, ammo avd etar dam
Ayog‘lari bo‘lub shakkarda mahkam. 
O‘g‘urlarda tuzu shakkar nihoni, 
Shakar tutmish va yo tuz tutmish oni. 
Yengi gulzorida ko‘p rang ila bo‘, 
Labi ayn ul-hayotidin ichib suv. 
Ravonrarvar yuzining toza vardi 
Ki, hayvon chashmasidur obxo‘rdi. 
Og‘iz ustida burni turfa timsol
Tutub yonida manzil hinduyi xol. 
Qo‘yub ul hinduyi tojir sifoti, 
Shakar tungida
9
Hinduston naboti. 
Naboti Hind yo‘qkim, g‘unchai gul, 
Qilib devona Aqli Kullni bilkul. 
Kumushdek rangi nasrinfomi oning
Kumushdin g‘unchadek andomi oning. 
Bo‘lub har kirriki bir no‘gi xoma, 
Qorortib qatl uchun yozmoqqa noma. 
Varaq aylab anga lavhi uzorin, 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
184
Qorortib olam ahli ro‘zgorin. 
Qadi ozoda jannat savsanidek
Yuzi gul, lek o‘zi gul xirmanidek. 
Harorat otashin la’lidin oshib, 
Hamul gul xirmanig‘a o‘t tutoshib. 
Sharar qilg‘och ul o‘tdin mayli aflok, 
Quyosh boshdin-ayog‘in o‘rtabon pok, 
Zaqan davrida andoq xatti mavhum 
Ki, qilg‘ay oni solim savq ma’lum. 
Nechukkim mehr yonida hiloli
Ko‘runur yo ko‘runmasdin xayoli. 
Bu davrikim ani tasvir etib vahm, 
Og‘izni nuqtasi taqdir etib vahm. 
Quloqda durri nobi gavhari ham, 
Qamar davrida Zuhra, Mushtari ham. 
Qadu oraz bila shamshodu gulfom, 
Ne shamshodu ne gul, sarvi gulandom. 
Qadi ruh ofati chobukluk ichra. 
Beli jon rishtasi nozukluk ichra. 
Bo‘yu jismin deyolmon quchqu yanglig‘, 
Paridek chustluqdin uchqu yanglig‘. 
Labidin jon tomib bisyor-bisyor
So‘zidan shahd oqib xirvor-xirvor. 
Labidin tomibu oqib latofat, 
Yuzidin oqibu tomib malohat. 
Bo‘yida hullalardin ruh olib qut, 
Vale alvonidin yuz aql mabhut. 
Qilib kirrik o‘qidin tiyrboron, 
Nechukkim tog‘ aro abri bahoron. 
Labining har so‘zi yuz jong‘a ofat, 
Sochi har tori ming imong‘a ofat. 
Bu yanglig‘ qotiloso kelsa ko‘zga 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling