Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
187
O‘zidin bexabar Farhodi majnun. 
Yiqib jismini anfosi shitobi
Teshib ko‘ksini ko‘ngli iztirobi. 
Tani titratmadin orom tormay, 
Bu beoromliq anjom tormay. 
Dedi: «Jonrarvar anfosingdin o‘ldum, 
Unungdin, umr ranjidin qutuldum. 
Ne anglaykim, qayu mahro‘ ekansen, 
Ichim qon aylagan senmu ekanseng‘ 
Meni g‘urbat aro bechora etkan
Diyoru mulkdin ovora etkan. 
Chiqib jonim unungdin bo‘lg‘och ogoh, 
Yuzungni ko‘rmay o‘ldum oh, yuz oh!» 
Aningdek oh to‘fonin chiqordi 
Ki, mahvashning niqobi yelga bordi. 
Ko‘rungach ul jamoli olamoro, 
Aning matlubi bo‘ldi oshkoro. 
Hamul erdiki maftun bo‘lmish erdi, 
Ko‘rub ko‘zguda majnun bo‘lmish erdi. 
Birovkim aks ko‘rgach hushi ketsa
O‘zin ko‘rgach ne tong, jon tarkin etsa. 
Birovkim bo‘lsa mayning zikridin mast, 
Ne tong, ichkanda bo‘lsa yer uza rast. 
Chu Farhod ul Pari erkonni bildi, 
Chekib o‘tluq fig‘on andoq yiqildi 
Kim, ul holatda Shirin ko‘rgach oni, 
Kimon qildi magarkim chiqti joni. 
Aningdek chekti ohi otasholud 
Ki, oyni abr aro yoshurdi ul dud. 
Chu ul sham’i vafoda qolmadi nur, 
Yetib rarvonadek boshig‘a Shorur. 
Boshin qo‘ynig‘a oldi yig‘labon zor 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
188
Ki: «Yey yo‘q qismating juz ranju ozor! 
Bas ermas erdi g‘urbat dardu dog‘i 
Ki, o‘chti bejihat umrung charog‘i. 
Vafo yo‘lida ul manzilg‘a yetting 
Ki, bir ko‘rmak bila jon tarkin etting. 
Kamolu fazlu oyiningdin afsus, 
Hayovu aqlu tamkiningdin afsus. 
Zamiru ra’yi pokingdin darig‘o, 
Fig‘oni dardnokingdin darig‘o. 
Qo‘lungdin hayfu shastingdin dog‘i hayf, 
Shukuhu zo‘rdastingdin dog‘i hayf. 
Qani farru shukuhu zo‘rdasting, 
Tavonolig‘ aro yuz ming shikasting. 
Bashar xaylida sen bo‘lmay malakson, 
Nedin bo‘lmas bori yer birla yakson. 
Ne shah boshig‘a afsar erding ekin
Qayu afsarg‘a gavhar erding ekin. 
Ne kishvar tushti erkin motamingg‘a, 
Qayu el qoldilar erkin g‘amingg‘a. 
Ne Xoqon so‘gung ichra qoldi, oyo, 
Qayu iqlim eli qo‘zg‘oldi, oyo. 
Chekib ranjing manga g‘am bo‘ldi rodosh 
Ki, hargiz ko‘rmagay erdim seni kosh!» 
Debon Shorur bu yanglig‘ fasona, 
Sumanbar aylabon ashkin ravona. 
Chu bu oshubig‘a yuzlandi taskin, 
Ani chorlab Mihinbonu va Shirin. 
SO‘pub Farhod holidin hikoyat
Ul aylab bilgan ahvolin rivoyat. 
Debon ul zor, Shirin zor yig‘lab, 
Mihinbonu dog‘i bisyor yig‘lab. 
Ani mahd ichra solib xusravoyin, 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling