Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
193
Qila boshladi mahzun ko‘ngli chora 
Ki, ne nav’ aylagay oni nazora. 
Kamingohe topib boqqoy anga to‘q, 
Bu ko‘rgay oni, ammo ul muni yo‘q 
Kim, ul ko‘rsa qilib bedilliq og‘oz, 
Yana ko‘rroq ochilg‘ay rardai roz. 
Vale aylab Mihinbonu hamesha, 
Aning qoshig‘a bormog‘liqni resha. 
SO‘pub ahvolin oning gohu begoh, 
Tilab maxfiy g‘amidin bo‘lmoq ogoh. 
Topib holin nechakim aylab idpok, 
Hunardin mamlu, ammo aybdin pok. 
Xati mehrini ko‘ngli ichra tortib
Vale ul mehr kundin-kunga ortib. 
Havas aylabki, mundoq pok rayvand, 
Manga ne bo‘lg‘ay erdi bo‘lsa farzand. 
Va lekin hajrdin zor erdi Shirin, 
Kecha to subh bedor erdi Shirin. 
Ne dardin derga bir hamdardi oning, 
Ne subhu shom xobu xo‘rdi oning. 
Ne bir hamdam anga bo‘lmoqqa ma’nus. 
Ne qo‘yub holi izhorig‘a nomus. 
Qoshig‘a borg‘oli aylab taammul 
Ki, nogah bo‘lmag‘ay ul betahammul. 
Desakim bormayin gulchehri zebo
Bo‘la olmay hazin ko‘ngli shikebo. 
Firoq o‘tida miskin joni oning 
Ki, bo‘lg‘ay dardu yo‘q darmoni oning. 
Ketur, soqiy, mayi gulrangi xushbo‘ 
Ki, urg‘ay chorasiz dard o‘tig‘a suv. 
Munungdek may manga armon bo‘lubtur 
Ki, dardim asru bedarmon bo‘lubtur. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
194
XXXIII 
Farhodning ul tosh arig‘in, balki arig‘ toshin qazib Armaniya tog‘iga yetkurub ul tog‘ fazosida qasri 
qulla monand, balki asosi ko‘h rayvand bino qilib itmomg‘a yetkurgoni va «Bahr un-najot»
1
 havzin 
qasr ollinda metini xoroshikof bila namudor qilib ul havz va arig‘ atrofin safoda billurkirdor va jiloda 
oyinai chiniy davri bila dastasidin namudor qilg‘oni va bu ariqqa suv ochmoq uchun abri bahoriydek 
ko‘zlaridin ashkbor va durri ashkidin gavhar nisor qilib «Ayn ul hayot» chashmasig‘a yuzlangani 
Bu rangin nuktaga hangomaoro, 
Bu yanglig‘ qildi kilkin nomaoro 
Ki, Farhod ul arig‘ni chora aylab
Qazar erdi shikofi xora aylab. 
Umidi ulki bu ish torsa itmom, 
Tamoshog‘a kelib sarvi gulandom
2

Yana bir qatla ham ko‘rgay jamolin, 
Simo’ etgay ravonoso maqolin. 
Tarabdin chiqsa munglug‘ joni oning, 
Jahonda qolmagay armoni oning. 
Va gar xud bo‘lmasa ul yon xiromi
Bu ish sori chu ko‘rtur ehtimomi. 
Husuli ranju dardi dildur asru, 
Ul oyning ollida mushkildur asru. 
Bu mushkil ishga bo‘lsa chorarardoz, 
Eshitgach ul sihi sarvi sarafroz. 
Muyassar ko‘rsa komu muddaosin, 
Bu hosil aylagay oning rizosin. 
Bu nav’ ummid birla subh to shom
Anga yo‘q erdi tosh chormoqdin orom. 
Muhandisvor aylar erdi avval, 
Arig‘ning ikki yonin ikki jadval. 
Ham uch qori kanoridin kanori, 
Ham oning umqi erdi ikki qori
3

Vale har jadvalikim tortar erdi
Hamono ming qoridin ortar erdi. 
Bu ming qori sarosar torsa rardoz, 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling