Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
181
Eshitturdi Pari raykarg‘a borin. 
Ki uch yilda ne ish butmish sarosar
O‘zi bir kunda qilmishdur barobar. 
Mihinbonu chu bu roz etti ifsho, 
Parivash ayladi mayli tamosho. 
Dedi: «Ul yon janibat
2
surgulukdur, 
Bu ish gar voqe’ o‘lsa ko‘rgulukdur. 
g‘animatdur ani ko‘rmak kishiga, 
Tamosho aylamak qilg‘on ishiga. 
Erur alhaq ajoyib mehmone 
Ki, Tengri bizga yetkurmishdur oni. 
Bu qushkim mubtaloyi dom o‘lubtur, 
Bu gulshanda anga orom o‘lubtur. 
Balo ichra farog‘i birla kelmish
Tuzoqqa o‘z ayog‘i birla kelmish. 
Zaruratdur anga qilmoq rioyat 
Kim, ul bizga keraklikdur bag‘oyat. 
Arig‘kim muzdig‘a yuz ganj berdim, 
Suyi kelmay ilik ondin yub erdim
3

Bihamdillahki, Haq yetkurdi komim 
Ki, mundoq kimsa bo‘ldi saydi domim». 
Tilatti no‘shlab ta’jil ila ot, 
Ravon bo‘ldi Mihinbonu dag‘i bot. 
Sumanbar xizmatida to‘rt yuz qiz 
Ki, otlanmas edi hargiz bularsiz. 
Bor erdi bodroyi rangi gulgun, 
Qolib andin yururda xingi gardun. 
Anga pokib hamisha ul Parivash, 
Bo‘lub ul devraykar ham Parikash
4

O‘zi gulrangu gul monand zoti, 
Bo‘lub Gulgun
5
xaloyiq ichra oti. 
Jahon bog‘ida yo‘q ul bodrodek, 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
182
Bo‘lub gul bargin elturga sabodek
6

Keturdilar bu xingi
7
bodraymoy, 
Ravon mindi shafaq gulguniga oy. 
Xiromon bo‘ldi ul yon sarvi ozod, 
Rikobida hamul xayli Parizod. 
Surub ul sori xushvaqtu tarabnok 
Ki, Farhod aylar erdi xorani chok. 
Mihinbonu dog‘i hamrahlig‘ aylab, 
Sumanbar holidin ogahlig‘ aylab. 
Keyindin qavm ila xayli shitobon, 
Qilib har soridin qat’i biyobon. 
Parivash devzodin surdi chun tez, 
Gul uzra sarsar o‘ldi shabnamangez. 
Yetishti raxsh uza ul nav’ cholok 
Ki, gardun tavsanida mehri aflok. 
Tushub har yon musalsal zulfi bandi
8

Bo‘lurg‘a xoraafkanlar kamandi. 
Kamand o‘lmayki, ikki shomi dayjur, 
Apoda farq etib bir xatti kofur. 
Bo‘lub me’jarda ul mushki siyahtob, 
Qaro shomiki yorqay oni mahtob. 
Yuzi atrofida durri laoli, 
Quyosh davrida axtarlar misoli. 
Ne durkim sekretib bu charxi gardon
Quyoshning chashmasidin qatra har yon. 
Iki qoshi hiloli fitnaangez, 
Yozilg‘on ko‘p ul oy boshida xunrez. 
Mudom aylarga qon to‘kmak kengoshi, 
Bo‘lub ikkisining rayvasta boshi. 
Bu xunrez ittifoqig‘a qilib jahd, 
Yuzidin mushaf ochib qilg‘oli ahd. 
Ko‘zi islom eliga topibon dast


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling