Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
173
Bu yanglig‘ muddati yo‘l qildilar tay 
Ki, Arman kishvarig‘a qo‘ydilar ray. 
Dedi Shorur: «Kel, ey farxunda yovar, 
Budur sen tushta ko‘rgan mulku kishvar. 
Tamosho aylayu bo‘lsun xiroming, 
Yo‘luqquncha talab qilg‘on maqoming». 
Chu Farhod etti ul so‘zni taaqqul, 
Urar erdi qadam aylab taammul
Iki-uch kun chu bo‘ldi ehtiyoti, 
Radidor o‘ldi bir kun ko‘p nishoti 
Ki, bo‘ldi ollida bir dasht raydo 
Ki, aqlin tushta aylab erdi shaydo. 
Hamul sabza, hamul savsan, hamul gul, 
Hamul gullarning atrofida bulbul. 
Yetib taqvo ko‘zin tufrog‘i xiyra, 
Yeli aylab xirad sham’ini tiyra. 
Ko‘runub qayda boqsa ul balojo‘y, 
Gulu xoru giyohi oshnoro‘y. 
Sola boshladi har dam rora ko‘ngli, 
Yetib har lahza za’f ovora ko‘ngli. 
Balo vodisig‘a solib qadamni
Malolat avjig‘a tortib alamni 
Dedi Shorurg‘a: «K-ey yori hamdam, 
Sanga hamdamliq oyini musallam. 
Hamul vodiyu gardunsoy xoro 
Ki, ko‘rmish erdim o‘ldi oshkoro. 
Yaqinroq manga hamrah bo‘lg‘il emdi, 
Mening holimdin ogah bo‘lg‘il emdi». 
Hamul xayleki g‘avg‘o aylamishlar, 
Qozarg‘a tosh alolo aylamishlar. 
Tilar ul sori yetgay joni mahjur, 
Ravon mayl ayladi ul sori Shorur. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
174
Yetishtilar ul ikki oshnovash, 
Anga tegruki ul xayli jafokash 
Guruhe erdi dardu dog‘ ichinda, 
Arig‘ qozmoqqa shog‘il tog‘ ichinda. 
Aningdek xorani kesmakda ojiz 
Ki, ko‘rmay kimsa andoq ajz hargiz. 
Iki yuz xorabur ilgida tesha, 
Urub ul tesha tosh uzra hamesha. 
Va lekin o‘yla qattiq erdi xoro 
Ki, gar yuz tesha tegsa bemadoro. 
Kesilmay bir naxudcha tosh chog‘liq, 
Naxudcha demakim, xashxosh chog‘liq
1

Iki yuz ustod uch yil qilib kin
Zamone tinmayin urmoqta metin. 
Qozilib ikki-uch yuz qori
2
xora, 
Qolib oning ko‘ri ham nimkora. 
Alar qon yig‘labon mundog‘ anodin, 
Vale sarkorlar tinmoy jafodin. 
Nazar qildi chu ul holatg‘a Farhod, 
g‘amin o‘ldi Ko‘rub ul nav’ bedod. 
Kirib ul xayli mazlum ichra g‘amgin, 
Hiloliy qoshlarig‘a g‘ussadin chin. 
Dedi: «K-ey men kibi xayli balokash, 
Falakdin ko‘nglungiz mendek mushavvash! 
Bu mehnatkim chekarsiz rozin ayting
Hamul anjom ila og‘ozin ayting 
Ki, nevchundur bu ranju ibtilongiz, 
Qachondindur falakdin bu balongizg‘ 
Ko‘rub sizni tutun boshimg‘a oshti, 
Tutun nekim, ichimg‘a o‘t tutoshti». 
Ko‘rub ul xayl aning farrux jamolin
Eshitib bo‘yla ruhafzo maqolin. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling