Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
169
Ki, onsiz birdam o‘lg‘och istab oni
SO‘pub dardu muhabbat dostoni. 
Bu taqrir aylabu ul yig‘labon zor, 
Chu taqrir aylamay ko‘p topib ozor. 
Bu yanglig‘ chunki hamdam torti o‘zni, 
Rafiqu yoru mahram topti o‘zni. 
SO‘pub holin harifi chobuk andin, 
Chekib sirrini nozuk-nozuk andin. 
Chu bebok erdi ishqu boda g‘ammoz, 
Ochib ul mast oshiq rardai roz. 
Nekim Shorur so‘z so‘rsa nihoni, 
Nihoni aylar erdi voqif oni. 
Tora boshladi soyil chun javobin, 
Savoli yuzidin ochti niqobin. 
Dedi: «Avval najodu gavharing de, 
Yana holingni aytu kishvaring de». 
Dedi Farhod: «Qo‘y kishvar hadisin, 
Unutqil asl ila gavhar hadisin. 
Manga ul nuktadin behbud yo‘qtur, 
Eshitmaktin sanga ham sud yo‘qtur. 
Vale so‘rdung chu holimdin fasona
Sanga bir mujmale aytay nishona». 
Muni ham urdi na’li bozguna, 
Ishidin bo‘yla ko‘rguzdi namuna 
Ki, men dilxastai zoru balokash, 
Burun el yanglig‘ erdim shodu dilxush. 
Bori ishdin ibodat ixtiyorim
Salohu zuhd ila taqvo shiorim. 
Manga bir tun baloe bo‘ldi tori, 
Muqavvas ko‘kdin o‘qi tegdi kori. 
Tushumga kirdi bir farxunda kishvar 
Ki, ko‘rmaymen anga monanda kishvar. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
170
Nishoni ulcha ko‘rmish erdi bir-bir
Anga borin yako-yak qildi taqrir. 
Yetishtikim degay ul mohi dilxoh, 
Dey olmay bexud o‘ldi tortibon oh. 
Bilib Shorur aning holin kamohi, 
Bo‘lub jon birla oning choraxohi. 
Boshin o‘z ko‘ksiga qildi hamog‘ush, 
Dimog‘ig‘a keturdi sa’y ila hush. 
Ul el tortib aning ruxsorig‘a may, 
Bo‘lub behush ichmakdin rayoray 
Ki, har so‘zkim debon ul ikki hamroz, 
Alar fahm etmayin anjomu og‘oz. 
Ko‘rub Shorur ul majma’ni bexud, 
Qilib Farhod ishig‘a sa’y behad. 
Dedi: «K-ey zodi sarvi bo‘stoni, 
Va lekin torqon osebi xazoni. 
Bu yanglig‘kim sanga men hamdam o‘ldum, 
Bori maxfiy ishingga mahram o‘ldum. 
Hamono bu emish Tengriga taqdir 
Ki, qilg‘aysen manga holingni taqrir. 
Hamul ganjeki bo‘lmishdur umiding, 
Yetishgay quflig‘a mendin kaliding. 
Yema g‘amkim bu yerkim deding oni
Sarosar vasfig‘a berding nishoni 
Ki, yo‘q ul nav’ dilkash yer jahonda, 
Ko‘rubmen oniyu bo‘lmishmen onda. 
Havosi jonfizo, gul anda xirman
Nazohatda Eramdek, oti — Arman. 
Borur bo‘lsang sanga hamrahliq aylay, 
Demay hamrahliq, chokarliq aylay. 
Ko‘rub Farhod mundog‘ nuktaovar, 
O‘zi baxtidin etmas erdi bovar. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling