Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
171 Degan afsonani fahm etti Shorur Ki, bovar aylamas ul zor mahjur. Dedikim: «Chun inonmassen kalomim, Sanga sobit qilay andoqki komim». Chiqardi safhavu kilkin qalamzan, Hamul yer suratin bo‘ldi raqamzan. Aningdek qildi tarh ul naqshi diljo‘ Ki, yo‘q erdi tafovut bir sari mo‘. Chu Farhod ul raqam nazzora qildi, Aning da’vosi chin erkonni bildi. Torilg‘och do‘st mulkidin nishoni, Yiqildi mast tortib do‘stgoni. Ketur soqiy, manga ishrat ayog‘in Ki, davron berdi maqsudim so‘rog‘in. Meni chun qildi mohi armani zor, Chekay bir necha sog‘ar armanivor. XXX Farhodning Shorur dasht raymolig‘i, balki rahnamolig‘i bila Yaman mulkidin Arman kishvarig‘a azimat qilg‘oni va Armanning Eramoso sabza va rayohinidin g‘unchadek ko‘ngli gul-gul ochilg‘oni va Armaniya tog‘i kamarida xoro qozodurg‘on el ajzin Ko‘rub ul kayfiyatin sO‘pub xoro qozorg‘a kamar chust etgoni va bu xabarning chustu shirin Mehinbonu bila Shiringa yetgoni Bu vodiy qat’ida farxunda hodi, Aningdek ko‘rguzur maqsad savodi Ki, chun Farhod ochti uyqudin ko‘z, Kelib yodig‘a Shorur aytqon so‘z. Hamul kog‘azki bo‘ldi naqshrayvand, Chekib tarhi hamul kishvarga monand. Hanuz etmay qarong‘u ketmak ohang, Havo ko‘zlarda erdi surmagi rang. QO‘pub Shorurning qoshig‘a bordi, Ayog‘in o‘pgali boshig‘a bordi. Tovushidin aning uyg‘ondi Shorur, Topib tun zulmatida bul’ajab nur. Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 172 Dedi: «K-ey dard ila ishq ahli shohi, Izing xayli muhabbat qiblagohi, Bu kelmakdin sanga ne multamasdur, g‘araz xud kecha o‘tgan so‘z emasdurg‘» Chu o‘tkan so‘zni Shorur ayladi yod Ayog‘iga aning bosh qo‘ydi Farhod Ki: «Yey jon maqsadi dilkash rayoming, Ko‘ngul maqsudi ruhafzo kaloming. Hamul savdo bila ko‘nglumgadur sud, Hamul so‘zdur hazin jonimga maqsud. Vafo va’dangg‘a fosh etmak keraksen, Degon so‘z boshig‘a yetmak keraksen. Eshitgach oni Shoruri yagona, Dedi: «K-ey tal’ating sham’i zamona. Sen ersang hamrahim jannat durur yo‘l g‘araz bu ersa, bismillah, ravon bo‘l». Yetib Shorur yo‘l azmig‘a ohang, Aning hamrahlig‘in Farhodi diltang. Qadamda ko‘rguzub ul toza damliq, Bu aylab soya yanglig‘ hamqadamliq. Kesarlar erdi yo‘lni gom-bargom, Yurub manzil-bamanzil tutmay orom. Bo‘lub Farhodg‘a Shorur munis. Tutub oning bila sayr ichra majlis. Gahe hamrahliq xosiyatidin, Gahe hamreshalik jinsiyatidin. Gahe ul safhani ilgiga olib, Nazar boshtin-ayog‘ tarhig‘a solib. Xayolig‘a tuman ming ofarin deb, Raqam qilg‘onni rashki naqshi Chin deb. Qilib daxl ishta andoq har zamoni Ki, bu ham naqshrardoz onglab oni. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling