Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
177 Topibkim bir arig‘ qozilsa diljo‘, Yetar ul hur qasri olig‘a suv. Vale ul chashma to bu qasri ofat, Topibdur o‘n yig‘och 7 chog‘liq masofat. Bu jadvalkim chekibdurlar apoda, Ariq qozmoq qilibdurlar ipoda. Buyurmishlar bu xayli notavong‘a, Balo tog‘ida jam’i xasta jong‘a Ki, aylab chok metin birla xoro, Ariq qilg‘oylar andoq oshkoro — Kim, ul oriqqa har kim suv keturgay, Suv ul ayvong‘acha turmay yugurgay. Bu xoro tesha birla bo‘lmas afgor, Nechukkim tesha, metin aylamas kor. Erur uch yilki jon tortib hamesha, Usholmoy qolmadi metinu tesha. Mashaqqatdin yigitni el qori der Ki, qozilmish iki-uch yuz qori yer. Bu yanglig‘ birla umri Nuh torsoq, Badanda ko‘rrak ondin ruh torsoq. Chu mehnatning hadu royoni yo‘qtur, Tuganmaklik bu ish imkoni yo‘qtur. Gahi faryodu afg‘oni chekarbiz, Gah ish qilmoq uchun joni chekarbiz. Emas bu tesha urmoq ishga darxurd, Kecha-kunduz qoqarbiz ohani sard 9 . Nechakim zohir etsak uzri ma’qul, Alar ollinda ermas uzr maqbul. Bu erdi holimizkim torti ta’vil, Bu ham ijmol birla, yo‘qki, tafsil». Chu kayfiyatni ma’lum etti Farhod, Alar hollig‘a ko‘ngli bo‘ldi noshod. Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 178 Dedi: «Bu necha mazlumi sitamkash, Falak bedodidin bo‘lg‘on alamkash Ki, vayronlig‘larida yuz xalaldur, Agar qilsam madad voqe’ mahaldur. Hunarni asrabon netkumdur oxir, Olib tufroqqamu ketkumdur oxirg‘!» Temurchidin tilab dam birla ko‘ra, Beliga bog‘labon charmin tanura 10 . Dam uchin ko‘rag‘a chun mahkam etti, Ravon to‘kti ko‘mur, dog‘i dam etti. Ko‘murni qildi chun axgar nekim bor, Tilab metinu tesha harnekim bor. Solib axgar aro borin qizitti, Necha afzor qildi chun eritti. Har o‘n-o‘n beshni bir metin qilib rust, Yana ham onchani bir teshai chust. Necha gurza, necha sunboda aylab, Kamar qozmoq ishin omoda aylab. Nihoniy borchag‘a andog‘ su berdi Ki, Qorandin nihon o‘rganmish erdi 11 . Taraddudg‘a solib oni bu ahvol, Ulusni girdida hayrat qilib lol. Savole aylay olmay kimsa bir so‘z, Shukuhidin tikib bori anga ko‘z. Chu xoli ayladi afzordin el, Ravon xoro kesarga bog‘ladi bel. Kirib oriqqa qozmoq ayladi mayl, Qozoboshladi qumni o‘ylakim sel. Kesib har teshasi qilg‘och xaroshi, Falak rili yukidek rora toshi. Chu metin zarbidin aylab siteza, Qatiq xoroni aylab reza-reza. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling