Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
167
Topib ul shahr aro bir turfa manzil
Ravoni yeshtilar manzilda mahmil. 
Dame qilmay madoro oshkoro, 
Bo‘lub ollinda oning majlisoro. 
Qilib raydo keturdilar mayi nob, 
Yamanda yo‘q aqiq ul nav’i serob. 
Chu may birla qizishti boshi oning
Surohidek oqib qon yoshi oning. 
Kelib yodig‘a har dam taxtu johi, 
Bihishti qasr ila xaylu sirohi. 
Atou qolmog‘i daryo aro zor, 
Anou ko‘nglida yuz bahri ozor. 
O‘ziyu bu sifat ovora bo‘lmoq, 
Tuman ming mung aro bechora bo‘lmoq. 
Gahe bekaslik aylab ko‘nglini resh, 
Gahe bemorlig‘din jonida nesh. 
Gahe joni kuyub shaydolig‘idin, 
Gahe matlub noraydolig‘idin. 
Tushub har lahza o‘zga olam ichra
Solib elni g‘amidin motam ichra. 
Ulus holig‘a chun aylab tafakkur, 
Biri yig‘lab, biri aylab tahayyur. 
Kishi holin kamohi fahm qilmay, 
O‘zi dog‘i o‘z ahvolini bilmay. 
Bu xayl ichra bor erdi rahnavarde
Musofirshevai ozoda marde. 
Hunar bobida ustodi zamona, 
Zamona ichra naqqoshi yagona. 
Varaqni kilki aylar chog‘da tasvir, 
Bo‘lub noyibmanobi kilki taqdir. 
Ne surat yozg‘ali topib chu dast ul, 
Jahonni aylabon suratrarast ul. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
168
Jahon mulkin kezib kishvar-bakishvar, 
Hududi boxtardin to ba xovar. 
Xito mulkiga ham tushgan guzori, 
Kelib ollig‘a Moniy dastkori. 
Tilab manshur ul tutmay musallam
Musallam tutmay ul istarda bu ham. 
Qalam ahlig‘a oning tarhi dastur, 
Jahon ahli debon otini Shorur. 
Sayohatda qazoi osmoni 
Bularg‘a hamrah aylab erdi oni. 
Base hayron edi Farhod ishida 
Ki, ko‘rmaydur edi tavrin kishida. 
Ne ish ul qilsa aylar erdi ta’miq. 
Qila olmas edi holini tahqiq. 
Tengizda dog‘i ul razmig‘a hayron, 
Qurug‘luq ichra bu bazmig‘a hayron. 
Bu damkim ko‘rdi oning holi zorin, 
Sirishku nolai beixtiyorin. 
Tafarrus birla torti fikratandesh 
Ki, ko‘nglin ishq tig‘i aylamish resh. 
Qilay der erdi har so‘zdin mudovo, 
Anga Farhod qilmas erdi rarvo. 
Jihatsiz kuymagiga soldi chun ko‘z, 
Sola boshladi dardi ishqdin so‘z. 
Necha ishq o‘tidin qilsa hikoyat
Anga aylar edi ko‘rroq siroyat. 
Bilib so‘zin xiradmandi yagona, 
Der erdi ishqdin o‘tlug‘ fasona. 
Dame ul yig‘lamoqdin tutmay orom, 
Ani bu nav’ o‘ziga ayladi rom. 
Guzin Farhodg‘a bexavfu kulfat 
Bo‘lub Shorur ila ul nav’i ulfat 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling