Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
159
Qurub Farhod chun zavraqqa kirdi
Urub yel jo‘ngu zavraqni oyirdi. 
Ato jo‘ng ichra qoldi tortibon voy, 
O‘g‘ul zavraqda bo‘ldi bahrraymoy. 
Arog‘a tushti andoq ayru tushmak 
Ki, mumkin bo‘lmas ondin so‘ng ko‘rushmak. 
Alar ayrilg‘och o‘ldi yelga tug‘yon, 
Ne tug‘yonkim, jahonni tutti to‘fon. 
Tengiz ul nav’ chayqoldiki aflok
Ko‘rundi suv uza andoqki ko‘lok. 
Kelib bir-bir so‘ngicha yuz tuman mavj, 
Rayoray yetkurub ko‘k avjig‘a avj. 
Qayu bir rushtakim har rushtasi tog‘, 
Ne tog‘kim suyidin ko‘k atlasi dog‘. 
Chiqib chun ko‘kka bu sifli makondin, 
Inib sifli makong‘a osmondin. 
Munungdek bir demakim, yuz tuman ming. 
Urub yuziga sili osmonning. 
Hamono bu sifat yetkanda sili, 
Bo‘lub bu charxi axzar rangi nili. 
Yasab chun ul sudin aylab tavahhum, 
Yangi oy kemasin kirmakka anjum. 
Urub har kemakim gardung‘a ko‘lok, 
Bo‘lub daryo uza andoqki xoshok. 
Iki kema biri-birga qotilmay
Ulusdin ham iki bir-birni bilmay. 
Kema gardung‘a chiqmoqni fan aylab. 
Falakni tiyri ravzan-ravzan aylab. 
Bo‘lub har yon nujumi osmoni, 
Falak ravzanlar o‘lg‘ondin nishoni. 
Hamono ko‘kka suv baskim to‘qushti, 
Falak gunbazlarining saqfi tushti. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
160
Qilib suv mavji birla Hutu Xarchang
O‘z avjidin tengiz qa’rig‘a ohang. 
Ko‘runub suvda xurshedi jahontob. 
Bulur ichra nechukkim la’li serob. 
Falak mulkida chun tormay masolik, 
Qo‘nub suv uzra o‘rdakdek maloyik. 
Qazo har jo‘ngni bir yon ushotib 
Ki, yerdin ko‘kka, ko‘kdin yerga otib. 
Bu oshub uzra ba’zikim usholmay, 
Ichinda kimsa o‘z holig‘a qolmay. 
Bu yanglig‘ erdi daryo iztirobi
Yorilg‘uncha jahong‘a tun niqobi. 
Chu tun kishtida kun yoshurdi qoqum 
Kim etti bahr sinjobi talotum
7

Su uzra chunki sarsar tutti taskin
Yer uzra bahri axzar torti tamkin. 
Deyilgan bahr aro har nav’i kema, 
Ichinda oncha xalqu oncha nima. 
Ko‘ri bir-birga tekkandin usholib, 
Falak avjida suv qa’rida qolib. 
Xaloyiqdin bo‘lub aksar tabohi 
Ki, har yon birni aylab tu’ma mohi
8

Chu kishtilarni gardun rora aylab
Badanlar zavraqin ovora aylab. 
O‘nu yuz kemadin gar bir usholmay, 
Ichinda o‘nu yuzdin biri qolmay. 
Tushub ba’zig‘akim bir taxta rora, 
Ani suv mavji solib bir kanora. 
Vale Xoqonu Mulkoro visoqi 
Ki, bir jo‘ng ichra erdi ittifoqi. 
Nechakim kina qildi charxi zolim, 
Vale ul jo‘ng qolmish erdi solim. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling