Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
157 Ayon mavj ichra hardam yuz g‘aroyib, Bo‘lub ming zohir, ul yuz bo‘lsa g‘oyib. Necha ko‘z tushsa ko‘k suv charxmonand, Tutub atrofi ko‘k zaylig‘a rayvand. Xiromon har taraf yuz turfa mohi, Xirad mohiyatin bilmay kamohi. Ulug‘lar sahmnoku o‘yla hoyil Ki, aylab ko‘rguchi hushini zoyil. Suda yuz tog‘u yo‘q biriga orom, Vale tog‘iki bo‘lg‘ay mohi andom. Nechakim orqasi tog‘ avji yanglig‘, Tanida naqshi daryo mavji yanglig‘. Tengizda ko‘rguzib andog‘ shitobi Ki, charxi obgun ichra shihobi. Shigarfu dilrabo har birga haykal, Urub sayri su ko‘zgusiga sayqal. Tengiz dalvi suyin hardam qilib qut, Aningdekkim su ichkay dalvdin 5 Hut. Kichikroqlarg‘a andog‘ sho‘ru oshub Ki, torub bahr alar g‘avg‘osidin ko‘b. Kichik birla ulug‘lar son ichinda, Nechukkim sabza sarviston ichinda. Kashaflar har birining sahmi behad, Yasab suv uzra jismi birla gunbad. Bo‘lub me’mori qudrat anda boni, Sudin qilmay xarob andoq binoni. Taharruk birla saqfi bo‘lmayin shaqq, Nechukkim gunbazi charxi muallaq. Balig‘ sayd aylabon har yon nahangi, Nechukkim rang sayd etkay ralangi. Tani bir tog‘dekkim bo‘lsa xoro, Temurdin tishu changal oshkoro. Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 158 Kelib orqosi oning tez rarra, Niholi umrni kesmakka arra. Ne rarra, g‘am sirohi kayburi ul. Baliyat qal’asining kunguri ul. Su mavjin og‘zida qilg‘il tasavvur Ki, bir javshanni tutqay hardam anbur 6 . Nahang atrofida saqlovidin sho‘r, Nechukkim ajdaho atrofida mo‘r. Yana har yon ko‘runub ko‘zga xarchang, Azimat aylagan vaqti kaj ohang. Kashaf jismig‘a jismi lams etar chog‘, Urung‘ondek biri-birga iki tog‘. Ko‘runib jonvar bahr ichra behad, Nechukkim dasht ichinda har nechuk dad. Tamavvuj bahr uzakim tutmay orom, Alar ustida sun’ ilki yoyib dom. Shahu shahzoda har yon beshumora g‘aroyib aylar erdilar nazora. Bayaknogoh qazoyi osmoniy, Ayon qildi baloyi osmoniy. Yesa boshlodi yel behad xatarnok, Hujum etti tengiz yuzinda ko‘lok. Janubiy haddidin sarsar kelib tez, Tengiz ahlig‘a bo‘ldi vahshatangez. Qari mallohlar mundoq baloni Ko‘rub arz ettilar yirtib yaqoni Ki, har yuz yilda bu yel bir qilur sayr, Va lekin yo‘qturur bu sayr aro xayr. Ravon yetkurdilar bir turfa zavraq, Yangi oy zavraqidin tezravroq Ki, bo‘lmasdin burun bu yel ziyoda, Tashindik munda shohu shohzoda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling