Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
153
Ravon hukm etti Mulkorog‘akim bot, 
Chu fahm etting atibbodin maqolot. 
Necha kun qilg‘umizdur azmi daryo
Safar asbobini qilg‘il muhayyo. 
Vazir andoqki torti hukmi oliy, 
Muhayyo qildi hukm o‘lg‘onni holi. 
Murattab bo‘lg‘och ish hukm ayladi shoh, 
Borib shahzodani qilmog‘liq ogoh. 
Ne so‘zkim o‘tti, arz etmoq tamomin, 
Aning daryo sori bo‘lmoq xiromin. 
Eshitgach qissani shahzoda Farhod
Nishot aylab hazin ko‘ngli bo‘lub shod. 
Dedi: «Shah ollida ayting rayomim 
Ki, shah komi erur olamda komim. 
Ne haddim ulki degaymen o‘g‘ulmen, 
Bori qullardin o‘ksuk xasta qulmen. 
Qayon azm etkoli bo‘lsa yarog‘i, 
Mening boshim durur shahning ayog‘i». 
Chu shahg‘a qildilar bu nuktani fosh, 
Duo qildi ko‘ziga to‘ldurub yosh. 
Dedi: «Aylab murattab kemalarni, 
Soling onda keraklik nimalarni 
Ki, men ham ayladim ko‘nglumni jozim 
Ki, tongla bo‘lg‘amen daryog‘a ozim». 
Eshitgach bu xabarni shohzoda, 
Nishoti bo‘ldi ayturdin ziyoda. 
Base taskin hazin ko‘nglig‘a berdi 
Ki, maqsudi aning bu nav’ ish erdi 
Ki, zohir aylabon bir tavr hiyla, 
Bir ishni aylagay nav’i vasila 
Ki, Xoqon tormoyin andin kudurat, 
Ul etgay azmi g‘urbat bizzarurat. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
154
Bu ish maqsudig‘a monand bo‘ldi, 
Bag‘oyat xotiri xursand bo‘ldi. 
Tushub daryo kibi ko‘ngli aro jo‘sh, 
Kema og‘zidek og‘zi lek xomush. 
Tamavvujdek xayolig‘a tasalsul, 
Tasalsul topibon yuz ming taxayyul. 
Ketur, soqiy, Muhiti bodai ol, 
Bu daryo ichra sog‘ar zavraqin sol. 
Erur g‘am bahrida jismi haqirim, 
Hamul zavraq bila bo‘l dastgirim. 
XXVIII 
Xoqon bila Farhodning sirehr tavsanidek xinglardin inib falak buxtisidek junglarga minib Chin 
sirohining sabo xayli daryo yuziga chin solg‘ondek bahr maydonig‘a sabodek betahoshi kirmoqlari va 
muqavvas fulklar bila tiyrlari falak qavsi bila qazo o‘qidin nishona ko‘rguzmak va nahangvash jo‘ng 
og‘zi bila bodbonlar kafan rardasi bila go‘r og‘zidin fasona tuzmak va safoyin g‘aroyibidin necha 
harfi aytmoq va amvoj navoyibidin necha naqshe tortmoq va sarsarning zolim sirohi daryo olamidin 
rustaxez chiqarib «va izal-bihoru fujjirat»
1
 tafsirin mavj xututidin bahr sahifasida sizmoq va 
ko‘lokning nihoyatsiz tog‘larining taoqubi «va izal-jibolu suyyirat» ma’nosin kema tiyri no‘gi bila 
falak avroqig‘a yozmoq va ko‘rrak falakvash kemani fano nahangi yutmoq va daryovash safinalar 
adam daryosi tubin tutmoq va Xoqonni daryo talotumi Mulkoro bila Chin mulkiga solmoq va Farhod 
ishq daryosida qolg‘ondek ul xunxor bahr aro taxtarora uzra qolmoq 
Bu daryo ichra ulkim bo‘ldi g‘avvos, 
Chiqordi bo‘yla durri ma’niyi xos 
Ki, tayyor o‘ldi chun daryo yarog‘i, 
Bo‘lub ozim shahu shahzoda dog‘i. 
Surub markabni daryo sohilig‘a, 
Oyu kun keldi mohi manzilig‘a. 
Nazarlar chun tengizdin oldi bahre, 
Yig‘ochdin bahr uza ko‘rundi shahre. 
Adaddin ko‘p kema bori yarog‘liq, 
Savodi bir muazzam shahr chog‘liq. 
Iki yuz jo‘ng hadsiz har biri keng, 
Falak jo‘ngini har bir tutmayin teng. 
Uchi ko‘k Hutiyu Savrini sonchib, 
Tubi yer govu mohisini yonchib
3



Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling