Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
147
Takalluf aylabon bo‘lmoq xiradmand 
Ki, bo‘lg‘ay shoh ko‘ngli shodu xursand. 
Chu raydo bo‘ldi aylar ish yarog‘i, 
Menu ul dam baloyi ishq dog‘i. 
Yo‘q ersa emdi betoqatliq etsam
Boshimni olibon bir sori ketsam, 
Muqarrardurki shohi kishvaroro, 
Zamone qilmayin sabru madoro. 
Qilur yuz ming cherik ta’yinki filhol, 
Meni istab Toparda qilmay ihmol: 
Alar Chin mulkida har yon chorarlar
Iki-uch kundin o‘tkarmay Toparlar. 
Agar razm aylasam ko‘rgach sirahni, 
Kerak qatl aylamak ko‘p begunahni. 
Chekay farzan urushqa tig‘i ro‘lod, 
Yo‘q elga, o‘zuma aylay bu bedod. 
Necha el bo‘ynig‘a tig‘ ursa bo‘lg‘ay, 
Yozuqsiz nechani o‘ltursa bo‘lg‘ayg‘! 
Ham oxir zarbdin qo‘l bo‘lsa nokor. 
Tutulmog‘liq kerak ul lahza nochor. 
Manga Chin ahli ne qilmish yomonliq 
Ki, bu nav’ o‘lg‘amen borig‘a qonliq. 
Agar shah surmasa zulmu itobin, 
Ne berKim Tengriga oxir javobin. 
Ko‘zum ne nav’ tushkay shah ko‘ziga, 
Netib boqqoymen ul dam el yuziga. 
Bori bir yonu bu bir yonki nogoh
Shah o‘lsa bulajab holimdin ogoh. 
Ulus qilg‘ay meni girdimda ta’yin 
Ki, qilg‘aylar alar hifzimni oyin. 
Bu mushkil ish qachonkim hosil o‘lg‘ay, 
Ishim tadbiri ul dam mushkil o‘lg‘ay. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
148
Debon devona, solsa band ayoqqa, 
Qutulmoq ul zamon chekkay yiroqqa. 
Agar farzan jununum dog‘i ketgay, 
Nechakim aytsam, kim bovar etgay. 
Hamul avloki to o‘zumni bilsam, 
Qila olg‘oncha o‘z hifzimni qilsam». 
O‘ziga qildi torqoch ish hisobin
Xirad qonunida ish irtikobin. 
Muni bilmayki qilg‘och ishq bedod, 
Bo‘lur yuz aqlu donish rasmi barbod. 
Ketur soqiy, sharobi oshiqona 
Ki, bo‘lmishmen xirad birla fasona. 
Meni ishqu fano bazmida xos et, 
Xirad ranju balosidin xalos et. 
XXVII 
Farhodning ishq shu’lasida kuyub ul o‘tni jon rardasida yashur-moqdin va hajr xunobasin yutub ul 
zahrni ko‘ngul ichinda singurmoqdin gulbargi ahmardek jamoli za’faroniy va naxli sanu-bardek niholi 
xayzaroniy bo‘lub asr hukamosi va dahr atibbosi aning bahori sihhati xazoni marazg‘a 
yuzlangonining tashxisini savdog‘a qilib bu savdo bila aning maqomi ta’yinin jazoyir bila daryog‘a 
qilg‘onlari va bu daryo safari savdosidin anga sud istab nasibalari ziyonbud bo‘lg‘oni 
Tariqi ishq ixfosida mohir, 
Bu yanglig‘ ishq sirrin qildi zohir 
Ki, Farhod aylabon ishqin nihoni, 
Xiraddin ko‘rguzur erdi nishoni. 
Qayu uy ichra bo‘lsa shu’la mavjud, 
Emasdur uyga boki gar chiqor dud. 
Yonib o‘t chiqmos o‘lsa dudi mutlaq, 
Ul uy devorig‘a bo‘lmoq kerak shaqq. 
Falak ham mehrin oqshom aylamas fosh
Bo‘lur zohir chu anjumdin to‘kar yosh. 
Yoshurg‘ay nofa xud mushki tatori, 
Yoyilmoqda isi, ne ixtiyori. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling