Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
149 Chu lola g‘unchasi zohir bo‘lur chog‘, Necha ko‘nglida asrar yoshurun dog‘. Bo‘lur garchi ochilg‘on chog‘i ma’lum, Bo‘lur avval toshida dog‘i ma’lum. Nechakim istadi Farhodi g‘amnok, Yoshurmoq o‘t yorib ustiga xoshok. Va lekin elni ohu ashki nogoh, Qilur erdi nihon dardidin ogoh. Xiradning rardasig‘a qayda yoro, Yoshurmoq ishq o‘tin aylab madoro. Quyoshni zarra yoshurmoq bo‘lurmu, Hubob uzra tengiz turmoq bo‘lurmug‘ Yorar fonusi birla shu’lani sham’, Ko‘rarlar rardadin ul shu’lani jam’. Ko‘z ichra maxfiy o‘lmas ashk qoni, Bo‘lurmu shisha ichra may nihonig‘ Anga ul dardu g‘am o‘tin yoshurmoq, Ko‘ngulga yoshurun dard o‘ti urmoq. Necha kun ichra oncha kor qildi, Zaifu notavonu zor qildi. Ki, har kim ko‘rsa aylar erdi ma’lum Kim, ul xoroni bir o‘t aylamish mum. Chu ul oyg‘a yetib andoq malole, Falakning sayridin bo‘ldi hilole. Uzori bo‘ldi sorig‘ lola yanglig‘, Duri ashk anda yoqqon jola yanglig‘. Vale ul lolaning dog‘i siyohi, Og‘iz ochqoch ko‘rungay dudi ohi. Qadi naxlikim erdi sarvi cholok, Zaifu xamliq o‘ldi o‘ylakim tok. Vale ul tokning tab’idag‘i may, Bo‘lub ko‘nglida qon yutmoq rayoray. Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 150 Tanining za’fi tundin-tunga ko‘rrak, Bo‘lub ul za’f kundin-kunga ko‘rrak. Necha afg‘ondin etsa og‘zini berk, Yo‘q erdi nola chekmakta anga erk. Dimog‘ida burunkim quvvat erdi, Tanida dog‘i zo‘ru sihhat erdi. Rioyat aylar erdi benihoyat, Fig‘on zohir bo‘lur erdi bag‘oyat. Bu damkim, bo‘ldi savdoyi dimog‘i, Marazlarg‘a ulondi jismi dog‘i. Junun tab’ida ko‘rguzdi nishona, So‘z ayta boshladi savdoiyona. Ko‘ngulda qolmadi sabru qarori, Ilikdin bordi borcha ixtiyori. Ko‘rub ul holin oning shohu dastur, Bo‘lub ikkisi kundin-kunga ranjur, Berib ko‘p randu ta’siri torilmay, Qilib ko‘p fikru tadbiri torilmay. Chu ko‘rdilarki borur ish ilikdin, O‘tar andisha tadbiru bilikdin. Kengashti shah tuzub majma’ ahibbo, Bo‘lub hozir nekim bo‘lg‘on atibbo. Aning holotida so‘z o‘tti behad, Biri so‘zni qabul etti, biri rad. Ham oxir ahli hikmat ettilar arz Ki: «Yey olam eliga qullug‘ing farz! Bu yanglig‘ bizga bo‘lmish za’f tashxis Ki, savdodin dimog‘i torti tanqis. Mizojida harorat g‘olib erdi, Yana mayg‘a mizoji tolib erdi. Mayi mufrit bila asli harorat Bo‘lub bir, bo‘yla ko‘rguzdi sharorat. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling