Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
151
Iki-uch yoshdin o‘n bir, o‘n iki yosh
O‘qumoq fikriga soldi quyi bosh. 
Iki-uch yilki mayli resha qildi, 
Bag‘oyat anda ko‘p andesha qildi. 
Bularga yor bo‘ldi haddi yo‘q yo‘l, 
Yana bir ham harorat boisi ul. 
Bular bir yonu fikri benihoyat, 
Musaxxin tab’ aro ul ham bag‘oyat. 
Bular fikridin o‘lmay tab’i xoli, 
Tilism ochmoq sori tushti xayoli. 
Ne savdo tuxmikim ko‘nglida ekti, 
Ne fikratlarki ul savdoda chekti 
Ki, ajdar qildi jismin otasholud, 
Zamona devi soldi boshig‘a dud. 
Harorat muncha torsa tab’i nori, 
Ajab yo‘q, bo‘lsa ul bir o‘t sharori. 
Bu holatlar angakim bo‘ldi hodis, 
Dimog‘i yubsig‘adur borcha bois. 
Chu horu yobis o‘lmishdur mizoji, 
Naqizi birla qilmoqdur iloji. 
Bukunkim fasl erur javzo ayog‘i, 
Quyoshning o‘tidindur lola dog‘i. 
Samumoso kelur har soridin yel, 
Samum ichra samandarvash kezar el. 
Yaqindurkim quyosh tobidin axtar, 
Yerib simobdek oqqay sarosar. 
Quyunning dasht ichinda iztirobi
Isig‘dindur yilondek rechu tobi. 
Havo ko‘hsor uza otashfishondur, 
Bulog‘lar qaynari ondin nishondur. 
Shafaq ermas durur mag‘ribda har shom, 
Qizormishdur qizib bu sarnigun jom. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
152
Qizig‘on ko‘radin gardun nishona, 
Quyoshdin onda o‘t tortib zabona. 
Kemur shomu dam onda subhdam bil, 
Shihob ul ko‘radin chiqqon alam bil. 
Emas har yon oqor suvlar bila yer 
Ki, yer har yon isig‘din oqizur ter. 
Quyoshdin soya qochmoqliqqa moyil, 
Apoda aylabon shaxsini hoyil. 
Havo tab’ida issig‘ bo‘yla kori, 
Ajabroq buki oning tab’i nori. 
Anga yubsu harorat bo‘ldi vorid, 
Ilojidur havoyi rutbu borid. 
Muningdek erki kasb etgay iloj ul, 
Erur daryo aro besh kunchilik yo‘l. 
Tushubtur davri o‘n shar’iy jazira 
Ki, ta’rifida qolur aql xira. 
Chekib bosh ul jazira ichra tog‘e, 
Bu tog‘ uzra yeti-sekkiz bulog‘e. 
Muhit ul chashmalar davrida daryo, 
Falak bahri sog‘in dog‘i Surayyo. 
Jazira davrida suvdin rutubat, 
Vale avjida sovug‘din suubat. 
Biyik ul tog‘ avji, o‘ylakim kuz, 
Sovug‘din bog‘lonur sarchashmalar muz. 
Azimat qilsa ul yon shohzoda
Ajab yo‘qkim, bo‘lur ko‘ngli kushoda. 
Dimog‘i za’fi quvvat dog‘i torqay, 
Muborak jismi sihhat dog‘i torqay. 
Havo ta’siridin bo‘lmay haroson. 
Ilojin aylamaklik bo‘lg‘ay oson». 
Atibbodin ne so‘zkim bo‘ldi manqul, 
Ko‘rundi shahg‘a bir-bir bori ma’qul. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling