Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
161 Ichinda xalq o‘lukdek barcha xomush, O‘lub ba’ziyu, ba’zidin borib hush. Chiqibon garchi bir daryo kanori, Solib oni qazo Chin mulki sori. Yanalar ham chu yeldin qolmadi biym, Qazodin har biri tushti bir iqlim. Chu Xoqon jo‘ngi chiqti ul qiroqqa, Xabar bo‘ldi yaqin birla yiroqqa. Bo‘lub ul el chu o‘tkan ishdin ogoh, Chiqorib elni gar dastur, agar shoh. Qilib ko‘p sa’ykim ul xayli madhush Ravoyih kasbidin bir-bir topib hush. Bo‘lub ham shoh o‘z holidin ogoh, Xaloyiq dog‘i ogoh, o‘ylakim shoh. Ko‘rub Farhodini chun shoh g‘oyib, Yana yig‘lab tutub boshdin masoyib. Vale gohi berib imkong‘a ham yo‘l Ki, shoyad bir taraf chiqmish ekin ul. Qilib Suqrot axborin dog‘i yod, Vale o‘lmay qutulg‘ondin bo‘lub shod 9 . Ko‘rub ul umru davlatni g‘animat, Yana Chin taxtig‘a qildi azimat. Ketur, soqiy, qadahkim notavonmen, Malolat bahrida ozurda jonmen. Qadah kishtisig‘a jonimni xos et, Meni bu g‘ussa bahridin xalos et. XXIX Farhodning sinuq zavraq jismi zavraq sinuqida qolib ani daryo mavji Yaman mulki sari solib Yaman 1 ahli kemasiga uchrag‘oni va ul kema tojirlari aningdek durri garonmoya torqonlaridin sevunub ul bu minnat adosidin g‘amg‘a qolg‘oni, dog‘i jazoyir haromilari ul kema qasdin qilib tujjor qurug‘ yerdagi balig‘dek iztirobqa tushub, Farhod alarni nahang baliq xaylini qochurg‘ondek biror shast kushodi bila qochurg‘oni va suvda alarning zavraqi hayotiga o‘t urg‘oni va Yaman bahridin kanora tutqoni va Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 162 Suhayldek Yaman ahli ko‘zin yorutqoni va Shorur 2 anga daryoda oshno bo‘lub, aning safhai zamiri nuqushin fahm qilg‘oni Kishikim ayladi bu bahr gashtin, Bu yanglig‘ dedi daryo sarguzashtin Kim, ul holatdakim chayqoldi daryo, Sirohi mavjidin qo‘zg‘oldi daryo. Hamul zavraqki pokib erdi Farhod, Sinib ko‘k bahridin yetganda bedod. Bo‘lub g‘arqa muhiti bekarong‘a, Qolib bir taxta ul bexonumong‘a. O‘zin ul taxta uzra mahkam aylab, Vido’ o‘z jismu jonidin ham aylab. Nechukkim taxta jismi notavoni, Yetib og‘zig‘a har dam xasta joni. Ko‘rub ul sho‘r bahri bekarondin, Ilik yub har nafas yuz qatla jondin. Chu gardun shom kishtisin ushotti, Falak bahrig‘a anjum durri botti. Tamavvuj yig‘di daryo yuzidin dom, Talotum qushlarig‘a bo‘ldi orom. Tushub ul taxta sayrining guzori, Yaman mulkiyu Toyif 3 haddi sori. Bo‘lub Farhodg‘a ul taxta maskan, Nechukkim jong‘a bo‘lg‘ay taxtai tan. Vale jismida jonidin ramaq yo‘q, Tanida ruh harfidin nasaq yo‘q. Muningdek hol aro bir tez kishti Yaman azmig‘a daryodin yetishti. Ichinda necha daryomoya tojir, Guhar savdosig‘a bo‘lg‘on musofir. Chu ko‘rdilar kelur bir taxta rora, Aning ustida shaxse oshkora. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling