Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
201 Urub ohidin o‘t hardam zabona, Suv ochmoq azmig‘a bo‘ldi ravona. Sanam xud tinmayin so‘zi nihondin, Tutar erdi xabar har lahza ondin. Va lekin bu xabarni chun eshitti, Qaroru sabri ketti, hushi itti. Buyurdikim: «Ravonroq kelturung ot», Buyurg‘och ashhabi kelturdilar bot. Ul ashhab girdu rast erdiyu rahvor, Nechukkim bo‘lsa g‘alton durri shahvor. Chu chiqti yelga gulbargi taridek, Falak raxshiga mehri xovaridek. Kishi Bonug‘a 1 chorturdi shitobon Ki, qildi sayr azmi mehri tobon. Quyoshdek sayrda bordur shitobi Ki, bir dam manzil etkay burji obi. Hamul xopokani ro‘lod bozu 2 , Ariqqa men yetishmay qo‘ymasun suv! Xabar chun bildi Bonu shod bo‘ldi, Surub bedil qoshig‘a uzr qo‘ldi: «Ki, ey bizdin sanga yetgan malolat, Yetishmay bizga sandin juz xijolat. Dame ting‘ilki qilding ko‘p taku ro‘y, Hamono azm etibdur sarvi gulro‘y Ki, ushbu sarzaminni ravshan etgay. Arig‘ni sarvu guldek maskan etgay». Navozishlar qilib bedilni behad, Buyurdi soldilar ul yerda masnad. Chiqib masnad yuzida tutti orom, Hamul tavsanni aylab so‘z aro rom. Irak zaylucha ham soldurdi filhol, Dedi: «O‘ltursun ul sho‘rida ahvol!» Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 202 O‘pub tufrog‘ni xopoko‘bi 3 xoki Ulusni o‘rtab ohi dardnoki. Kelib yer tutti Bonu xizmatida Malak ul nav’kim gardun qatida. Mihinbonu navozish aylabon soz, Anga diljo‘yluqlar qildi og‘oz. Debon har lahza shafqat birla bir so‘z, Hayodin ul tikib yerga iki ko‘z. Shukuhu hilmi aylab elni bevazn, Giyohu xasqa tog‘ ollida ne vazn. Adab birla berib gohi javobi Ki, har lafzi aning durri xushobi. So‘zidin fahm o‘lub aqlu kayosat. Yuzidin bilgurub fahmu farosat. Bularg‘a munda mundoq rasm, qonun Ki, chiqti bir g‘ubori to‘tiyogun. Chu rechu tob birla avj tutti, Falak yo‘qkim, quyosh aynin yorutti. Dedilar: «Bu g‘ubori surmamonand Ki, tutti charx kuhli birla rayvand. Hamono xo‘blar sultoniningdur, Jamol avji mahi toboniningdur». Bu yon go‘yoki surmishdur takovar Ki, gardidin ko‘runmas mehri xovar. Ulusni surdilar ul suv boshidin, Ne suv, Farhod ila Bonu qoshidin. Yana Farhodni titratma tutti, Isig‘ dam jismida qonin qurutti. Mihinbonu kelib rand etti bunyod, Qasam Shirin boshidin aylabon yod Ki, ey farzand, bir dam tut o‘zungni, Dame asra ko‘ngul birla ko‘zungni! |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling