Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
217
Ki, anda torqamen jonon nishoni! 
Chu jonon aksi ko‘rguzgay bu ko‘zgu, 
O‘zumdin borg‘amen ul nav’kim suv. 
XXXVI 
Farhod bila Shirin may visolidin, balki visol mayidin birhol, balki behol bo‘lg‘onlari va charxi kabud, 
balki davri hasud soqiysi alarning aysh sog‘ari, balki sog‘ari ayshig‘a zahri hirmon, balki behush 
doruyi hijron qo‘shqoni va Xusravi Rarvez Shirinning shakarlablar shohi erkanin bilib, visoli no‘shin 
ko‘ngliga shirin qilib, shirin maqol elchidin chuchuk so‘zlar aytib yiborib, Shirin labi jullobidin kom 
orzusin shakarrez qilur muddao qilg‘oni 
Raqam qilg‘on bu so‘zu dard rozin, 
Aningdek chekti bu raykar tirozin 
Ki, chun bazm ichra ul ikki sitamkash, 
Yiqildilar tana’umdin qilib g‘ash. 
Yana bazm ahli tortib ohu nola
Bag‘ir qoni bo‘lub ichgan riyola. 
Ko‘tardilar ravon mahvashni bir yon, 
Yana ul bedili g‘amkashni bir yon. 
Anga bir uyda solib bistari noz, 
Kelib yotquzdilar huzn aylab og‘oz. 
Yana bir uyda yer solib nihoni, 
Yig‘ishturdilar ul ko‘hi baloni. 
Visol ichra yetishmay oshnolig‘, 
Falak soldi aro yerda judolig‘. 
Tong otquncha ikov behol edilar
Mashaqqat xaylig‘a romol edilar. 
Chu tebrandi nasimi subhgohi, 
Sahargah o‘ylakim Farhod ohi. 
Falakni tun g‘uboridin sururdi, 
Ne tun, savdo tutunin dog‘i surdi. 
Ul ikki ishq savdosida madhush, 
O‘ziga keldilar aylab madad hush. 
Xijolatdin qO‘pub Farhodi diltang, 
Baliyat tog‘i sori qildi ohang. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
218
Pari raykarda xud bir sa’b holat 
Ki, aylab jonining qasdi malolat. 
Mihinbonuni ojiz aylab ul hol, 
Bo‘la olmay ul ishda forig‘ulbol. 
Ne bedil tarkini tutmoqqa xushnud, 
Ne mahvashqa nasihat aylabon sud. 
Desakim bermayin bedilg‘a quvvat, 
Taqozo qilmay insofu muruvvat. 
Ko‘p o‘lsa mehribon xudkomlig‘din, 
Yel ichra vahm etib badnomlig‘din. 
Vale chun bilmish erdi ishqi pokin, 
Bu yanglig‘ ishq aro dardi halokin. 
Tilab har necha kunda bir dam oni
Ichib bir necha jomi komroni. 
Chu mahvash ilgidin aylab qadah no‘sh, 
Bu ham behush o‘lub, ul dog‘i behush. 
Yana ul hushig‘a kelgach tutub tog‘, 
Muning jonig‘a qolib yuz tuman dog‘. 
Bu yanglig‘ voqi’ erdi muddati hol, 
Yetishmay hol bo‘lmoq erdi behol 
Ki, nogohon sirehri bemadoro, 
Ajab mansuba qildi oshkoro. 
Bu tarix ichra mag‘rib hukmroni, 
Ne mag‘ribkim, jahon kishvarsitoni. 
Ajam birla Arab mulkida dovar
Arab birla Ajamg‘a shohu sarvar. 
Shahi erdiki derlar oni Xusrav, 
Mutii amri garduni sabukrav. 
Jahon mulkin tutub xaylu sirohi, 
Madoyin
1
mulki oning taxtgohi. 
Nasabda topibon Kisrog‘a rayvand, 
Qayu rayvand, farzandig‘a farzand. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling