Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
223
Vagar xud ochsa uzr aytur sari qo‘l 
Ki, aslo aql xud bermas anga yo‘l. 
Sangakim borcha ishga dastrasdur 
Aning fikri dog‘i dushvor emasdur». 
Chu arz etti so‘zin donoyi davron, 
Risand etti borin doroyi davron. 
Topib andoq kishikim bo‘ldi mastur, 
Qilib bu muddaokim bo‘ldi mazkur. 
Rasuli kordon so‘zning tamomin, 
Chu qildi fahm, tez etti xiromin
11

Kecha-kunduz demay borur edi yo‘l, 
Qadam qo‘yg‘uncha Arman mulkiga ul. 
Ketur soqiy, qadahkim komim uldur 
Ki, ollimda ajab dushvor yo‘ldur. 
Ne bir sog‘arki, sog‘ar tut rayoray 
Ki, bu vodiyni bexud tay qilay, tay. 
XXXVII 
Xusrav elchisi Arman kishvarig‘a yetgoni va Mihinbonu munhiylariga muddaosin zohir etib, Bonu ani 
ko‘rarga bazmi saltanat qurg‘oni va Hudhud Bilqis ollinda o‘lturg‘ondek rasulning Bonu qoshinda 
o‘lturg‘oni va Sulaymoni zamon risolatin qushlar tili bila arz qilg‘oni va tovusni Anqo
1
 juftlug‘ig‘a 
so‘z solg‘oni va Bonuning bahona domin ochqoni va hiyla donasin sochqoni va ul ziyrak qushning bu 
dona va domdin ram qilib qochqoni va farog‘bol hosil qilmay qahramonlig‘ Qofig‘a ketgoni va ul Qof 
Anqosi bu ma’nidin g‘azab minqori bila
Bu vodiy qat’ida qilg‘on sayohat, 
Bu yanglig‘ qildi izhori fasohat 
Ki, chun Armang‘a yetti homili roz
2

Bo‘lub ko‘nglida yuz turluk fusunsoz. 
Xabar yetkurdilar Bonug‘a navvob 
Ki, davlat bu taraf bo‘lmish inontob. 
Rasule qasru toqi Kisraviydin
Ne Kispokim, bisoti Xusraviydin. 
Kelibdur aqldek boshtin-ayoq hush, 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
224
Takallum vaqti go‘yo, yo‘qsa xomush. 
Solib Bonu quloq ul mojarog‘a, 
Tushurmak hukm etib mehmonsarog‘a. 
Ko‘p aylab aklu shurb ichra zarofat
Buyurdi ulcha imkoni ziyofat. 
Yibordi nuktadoni hushmand el, 
Daqiq idpoklik mushkilrisand el 
Ki, noziklik bila aylab qiyosin, 
Nekim bor onglagaylar muddaosin. 
Qilib ma’lumi ul xayli yagona
Bo‘lub dargah bisotig‘a ravona. 
Qilib arzida izhori xijolat 
Kim, ul xijlat-o‘q aylab arzi holat. 
Mihinbonu bilibkim, charxi soyir 
Yana ne bulajab la’b etti zohir. 
Dedikim: «Tongla asrab bor
3
chog‘in, 
Muhayyo aylangiz ko‘rmak yarog‘in. 
Ko‘ray e’zoz ilakim mehmondur, 
Ulug‘ yerdin yetishgan kordondur. 
Manga ma’lumi chun bo‘ldi xitobi, 
Degaymen har nekim bo‘lg‘ay javobi». 
Eshitgach hukm, yer o‘rtilar ul xayl, 
Chiqib hukm o‘lg‘on ishga qildilar mayl. 
Tushub Bonu tafakkur olamig‘a, 
Tafakkur yo‘q, tahayyur olamig‘a. 
Desa zohir qilay ul ish rizosin, 
g‘animat onglabon davlat asosin. 
Kelib yodig‘a Farhodi sitamkash, 
Hazin ko‘ngli bo‘lur erdi mushavvash. 
Bu so‘z raddin qilurg‘a bo‘lsa mashg‘ul, 
Torilmay hech nav’i uzri ma’qul. 
Desa Xusravni o‘zdin kam emastur


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling