Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
213
Gah o‘zida, gahi borib o‘zidin. 
Pari yanglig‘ nazarlardin nihoni, 
Kupub ul elniyu, el ko‘rmay oni. 
Vale Bonu tutub ko‘z uchidin ros 
Ki, xopokan nechuk yumshatmish olmos. 
Munung ashki gahi boshidin oshib, 
Gah oning ohidin olam tutoshib. 
Dedi ko‘nglida Bonukim: bu g‘amnok 
Ki, mundoq mumkin ermas gavhari pok. 
Manga xud barcha holi bo‘ldi ravshan 
Ki, qilmish rostliq — ish, poklik — fan. 
Chu yo‘qtur bir nazar qilmoqqa tobi, 
Chiqorg‘a yovushur joni xarobi. 
Malakdur kelgan inson suratida
Malakvashliq mubarhan hay’atida. 
Bu holat ichra har nav’i Kimondin 
Emas mumkin xayoli fosid ondin. 
Bukun qilg‘ay xilofi poklig‘ ul, 
Emas bermak ravo imkong‘a ham yo‘l. 
Anga ko‘zu ko‘ngul juz pok emasdur, 
Nazarda pok ko‘zdin bok emasdur. 
Kuyar shavq o‘tidin joni asiri, 
Erur yerida bo‘lsam dastgiri. 
Bu muhlik g‘amda chiqsa joni oning
Yaqin bo‘ynumg‘a bo‘lg‘ay qoni oning. 
Dedikim: «Xo‘blar shohig‘a ayting, 
Malohat avjining mohig‘a ayting 
Ki, bir dam mizbonliq rasmi tutsun, 
Yuzidan mehmon ko‘zin yorutsun! 
Labidin jong‘a qilsun mizbonliq, 
Yuzidin ko‘zga etsun mehmonliq!» 
Sumanbar
12
xud eshitur erdi oni


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
214
Bo‘lub bu nuktadin osuda joni. 
Xiromon bazm aro bo‘ldi ravona 
Ki, qo‘zg‘oldi xiromidin zamona. 
Yuzinda mehr o‘tidin asarlar, 
Ko‘zida ashk selidin xabarlar. 
Ko‘zidin hajr apokim ashki borib, 
Bori mujgon sinonlarin suvorib. 
Qilib Farhod metini kibi tez
Bo‘lub ul xorarez, ammo bu xunrez. 
Og‘izdin ohikim kam bo‘lmayin hech, 
Bu yel zunnori zulfidin ochib rech 
Ki, har tori yuz imon aylagay band 
Ki, qilg‘ay kufr zunnorig‘a rayvand. 
Uzori o‘tig‘akim ashk urub suv
Ulusning kuymagin ko‘rrak qilib bu. 
Qoshindakim girih zohir qilib g‘am, 
Yangi oy fitnaliq andoq kelib kam. 
Jamolidin qo‘yub davrong‘a minnat, 
Tutub davron bu ishdin jong‘a minnat. 
Uzoridin qilib davronni ravshan, 
Qoshidin toq ila ayvonni ravshan. 
Solib o‘t jong‘a la’li otashini, 
Jahong‘a chehrai burqa’nishini. 
Chiqarg‘ach rardalarning keynidin chehr 
Nechukkim to‘rt burqa’ ostidin mehr
13

Qupub bazm ichra el qo‘zg‘oldilar bot, 
Aningdekkim quyosh chiqqonda zarrot. 
Bir o‘t Farhodi besomong‘a tushti 
Ki, jismin pok o‘rtab, jong‘a tushti. 
Ko‘zi tushgach ul oyga, chekti bir oh 
Ki, dudidin qorordi yetti xirgoh
14

Yaqin erdiki tarki hush qilg‘ay, 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling