Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
231 Ne qo‘rg‘on, bir hasinu berk qo‘rg‘on, Falak hisnini arkidek yashurg‘on. Samon oshlig‘ toshig‘on yo‘l nishoni, Falak yanglig‘ yonida Kahkashoni. Tutub har kungiri keynida orom, Muborizshevae andoqki Bahrom. Chiqib boru anga gardung‘a tegru, O‘tub xandaq yana gardung‘a tegru. Yazak qilsa tutub ul avj bora, Kecha xandaq suyi sori nazora, Quyi kavkabni ko‘rguzgay safodin. Kavokib aksi tushgandek samodin. Bu mahkamliq bila oncha zaxira Ki, idpokida qolib aql xira. Suhovash donasin dastosi gardun, Ming yil davr etsa bo‘lmay tortmoq un. Hamaldek qo‘zi yuz mingdin ziyoda, Uy anda suvr yanglig‘ poda-poda 1 . Yana har jinsi kiymak yo yemakdin, Bo‘lub kasratda mustag‘ni demakdin. Bo‘lub Bonuyi korogahg‘a resha, Hisor ahlini zabt etmoq hamesha. Pari raykar bila Bonuyi sardor, Qilib Farhodni dog‘i xabardor. Anga zohir etib ul ish qiyosin, Qilib qo‘rg‘onga kirmak iltimosin. Parining so‘zini ul yerga solmay, Parining xotiridin kecha olmay, Qo‘yub nokomdin qo‘rg‘on sori gom, Vale toshqori tutmish erdi orom. Topib ul qal’aning toshida bir tosh 2 , Kim ul ko‘k qal’asidin o‘tkarib bosh. Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 232 Tutub erdi aning ustida maskan Ki, bo‘lg‘ay razm vaqti xoraafkan. Kelib Xusrav ham aylab jahdu ta’jil, Yiroqroq tushti qo‘rg‘ondin yarim mil. Adaddin ko‘p sirohin chun tushurdi, Tamosho aylay Arman sori surdi. Humoyun mavkibida ming dilovar, Aning birla surub ul yon takovar. Hisor atrofida solib nazar tez, Bo‘lub har lahza nav’i fikratangez. Nazora aylar erdi har zamone, Ko‘rar erdi yer uzra osmone 3 . Ne topib olmog‘i sa’yida behbud, Ne kelmakdin rushaymonliq etib sud. Tutub Farhod ul tosh uzra manzil, Nechukkim dur qilur bosh uzra manzil. Nazar Farhodg‘a chun soldi Rarvez, Degil ko‘ksiga tegdi dashnai tez 4 . Dedi: «Ul bulajabvash odamizod Ki, ko‘rgach oni ko‘nglum bo‘ldi noshod; Tafahhus aylangizkim, ne kishidur Ki, xotirni hazin qilmoq ishidur». Birov farzona sori surdi otin, Yetib Xusrav tilidin so‘rdi otin. Dedi bedilki: «Ot ahli emasmen, Otim tutmoqqa dog‘i arzimasmen. Qazodin o‘yla tufroq o‘ldi zotim, Kim ul tufroq aro Kim bo‘ldi otim. Ichimga ishq o‘tidin tushkali dud, Ne otim, balki zotim bo‘ldi nobud. Meni ot anglamakdin ishq etib yot, Men otdin yotu mendin yot o‘lub ot. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling