Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
261
Yarim tunlar ochib har bandkim bor. 
Yana ollinda har darbandkim bor 
Chiqib aylar edi ul tog‘ni gasht, 
Matofi erdi gohi tog‘u gah dasht. 
Beribon toshqa ko‘ksidin ozor 
Ki, yig‘lab tog‘ aning ahvolig‘a zor. 
Urub jonig‘a tig‘i louboli, 
Qilib dard o‘tidin ko‘nglini xoli. 
Chekib tog‘ ichra yuz afg‘onu faryod, 
Urub o‘z jonig‘a ming tig‘i bedod. 
Yonib ul chog‘dakim ketmay qarong‘u, 
Hanuz el ko‘zlarida sokin uyqu. 
Tutub rinhoni ul bandu kushodin 
Ki, el fahm etmagaylar ul arodin. 
Chu bo‘lsa el aro bu nukta mashhur, 
Hamono Xusrav etkay elni maqhur. 
Supub fahm etmay ul ishni kamohi
Ul el ahvolig‘a yetgay tabohi. 
Va lekin sirrin anglab erdilar xayl, 
Aning komig‘a aylab jon bila mayl. 
Bilibkim ul humoyi charxrarvoz, 
Bora olur qayonkim qilsa andoz. 
Vale yeb ul ulus fikrini behad
O‘zin band ichra qilmishdur muqayyad. 
Dedilar borcha: «K-ey olamda nodir, 
Valoyat nuri ruxsoringda zohir. 
Nedin bilduk o‘zingni band etibsen, 
Salosil qaydida xursand etibsen. 
Bizingdek xalq joni benavosi, 
Sening bir tori mo‘yungning fidosi. 
Qayonkim xotiring istar, qadam ur, 
Bu mahzun xaylni Tengriga torshur. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
262
Nechakim yetsa Xusravdin g‘aromat, 
Ne bo‘lsoq biz bo‘lub, sen bo‘l salomat». 
Dedi Farhodkim: «Yey notavonlar, 
Falakdin men kibi ozurda jonlar
1

Qachon kelgay bu ish ahli vafodin, 
Xususan men zaifi mubtalodin 
Ki, rag‘bat aylabon komi havog‘a, 
Necha mahzunni solg‘aymen balog‘a». 
Alarning komi ul shaydo xiromi
Aning komi alar ayshi mudomi. 
Javonibdin bu yanglig‘ erdi holat, 
Aning ko‘nglig‘a ish erdi havolat. 
Alar ozod etib erdilar oni, 
Aning ul tegrada lekin makoni. 
Qo‘yar erdi gahi qo‘rg‘on sori gom, 
Tutub bir dam alar qoshida orom. 
Bori ko‘z yorutub farrux yuzidin
Tamattu’lar olib shirin so‘zidin. 
Yanakim ishq o‘ti urdi zabona, 
Chekar erdi fig‘oni bexudona. 
Qo‘yar erdi hamul vodiy sari yuz, 
Qilib qat’ ollida tog‘ o‘lsa, gar tuz. 
Junundin kim topib tab’ida orom, 
Qoshida jam’ o‘lub doim dadu dom. 
Sulaymondek barig‘a hukmi jori
Agar dashtiyu yoxud ko‘hsori.
2
Sulaymonvash chekib ul yerga roya 
Ki, qushlar tortibon boshig‘a soya. 
Qilib ishq o‘yla shavkat rahnamuni 
Ki, sheri sharzani aylab zabuni. 
Bo‘lub ul gohi sher ustiga pokib
Sibou vahsh anga xaylu mavokib. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling