Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
393
7. Xing – bo‘z ot. Xingi bodpoy – yeldek tezyurar ot. Shoir Shirinning oti Gulgunni nazarda 
tutmoqda. 
8. Shu yerdan boshlab, 44 baytda Navoiy Shirinning go‘zalligini ta’riflaydi. Bunda shoir turli 
badiiy vositalardan g‘oyat keng foydalanadi. Bu she’riy parcha shoirning portret yaratish 
mahoratiga yorqin dalildir. 
9. Tung – idish ma’nosini bildiradi. Bu yerda shoir Sharqda mashhur bo‘lgan Hindiston novvoti 
solingan shakkar idish deb 
Shirinning og‘zini ta’riflamoqda. 
10. Zod – ozod so‘zining qisqartirilgani. Shoir bu yerda Farhodni ta’riflab, uni bu barno yigitgina 
emas, taqdir xazon bo‘lish alamini ravo ko‘rgan bo‘stondagi ozod sarvdir, deydi. 
XXXII 
Bu bob sarlavhasida Farhod hushiga kelgach, toqqa chiqib ariq qazish ishlarini davom ettirgani, 
Shirin ko‘nglida Farhodga nisbatan ishq paydo bo‘lgani ifodalanadi. 
1. Baytning mazmuni: Farosat bilan Farhod bildikim, dil bezatuvchi (ya’ni, Shirin)ning mehri 
uning holiga qarab ish tutibdi. 
2. Bu va keyingi 4 baytning mazmuni: (Farhod) toshga metin urganida falak toqiga qiyomat 
solgandek bo‘lardi. Uning yoniq nafasi va metini ko‘targan gard zangori osmonni ko‘zdan yashirib 
yuborardi. Gard va dudgina emas, balki dard va anduhning qora buluti tog‘-tog‘ bo‘lib Arman atrofini 
tutib ketgan edi. Uni qora bulut ham demay, bahor buluti deb, yog‘in bilan ko‘tarilgan do‘l tosh 
bo‘roni desak ham bo‘ladi. Toshga urilayotgan metinning yaltirashi bamisoli chaqmoq edi. Shoir 
Farhodning tog‘da arig‘ qazish mehnati tasvirini tashbih va mubolag‘a san’atlari vositasida beradi. 
3. Xorokan – tosh yo‘nuvchi – bu yerda Farhod ko‘zda tutiladi. 
4. Kamingoh – xilvat joy; bayt mazmunicha, Shirin bir xilvat joy topib Farhodni yashirincha 
ko‘rgisi keladi. 
XXXIII 
Bu bob sarlavhasida Farhodning ariq qazib, qasr bunyod etgani, «Bahr un-najot» hovuzini kovlab
atrofida bog‘ barpo qilgani va bularni ko‘rgani Mehinbonu va Shirinlarni kelgani bayon etiladi. 
1. «Bahr un-najot» – aynan: najot dengizi. Shirin uchun Farhod qazigan katta hovuzning nomi. 
2. Sarvi gulandom – aynan: gul yuzli sarv. Shirin ko‘zda tutiladi. 
3. Bu va avvalgi bir baytning mazmunn: muhandislik qilib u avval ariqning ikki yoniga ikki chiziq 
tortdi, uni qirg‘oqdan qirg‘oqqa uch quloch, chuqurligini esa ikki quloch (qilib rejaladi). 
4. Baytning mazmuni: (Farhod) arig‘ni g‘adir-budir joylarini tekislashda teshasining tosh 
taroshlash san’atini namoyish qilardi. 
5. Baytning mazmuni: (Farhod) ikki tomondan toshlarni bir-biriga ulab, uning farshnnn 
(yotqizilishini) dandonaga o‘xshatib, kungurali terib borar edi. 
6. Bu va avvalgi ikki baytning mazmuni: lekin (Farhod) toliqish va xoriqishga berilmay, toshni 
taxta-taxta qilib tekis yo‘nib, haligi reja tortilgan chiziqdan, qoidadan chiqmay (ishlar edi), u yo‘nilgan 
toshlarnn ildam olar, taxta-taxta qilib tayyorlanganlarini to‘shab, mahkamlab borar edi. 
7. Bu va avvalgi bayt mazmuni: (Farhodning) toshni maydalaydigan metinidan sachragan toshlar 
oygacha yetardi. Bu uchar toshlardan oy atrofidagi gardishi qalqondek bo‘lgan edi. 
8. Baytning mazmuni: ariq o‘tkazish ishiga kirishgan (Farhod) yuz Bobil sehrini namoyish etdi. Bu 
yerda shoir Bobil – Yupiter sayyorasi nomidan ihom san’ati vositasida uning boshqa ma’nosiga ishora 
qilib kuchli, zo‘r va nihoyatda chaqqonlik degan mazmunda ishlatadi. 
9. Baytning mazmuni: tinmay tosh kesib, bir hovuz ham bunyod qildi, uning kenglik o‘lchovi har 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling