Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
129 Bori oshubdin xoli Ko‘rub yo‘l, Hisor ichra azimat ayladi ul. g‘animat ko‘rdi har yon haddin afzun, O‘kulgan har taraf yuz ganji Qorun Ki, Iskandarki olib yetti kishvar, Hududi boxtardin to ba xovar. Jahon ochmoqdakim ko‘p ranj topib Va lekin har ne naqdu ganj topib, Tilism aylab bu gardunvash hisorin, Qilib maxzun hisori ichra borin. Hisori markazida bir imorat Ki, ojiz vasfidin yuz ming iborat. Ziyo har yon sochib, andoqki shid 4 ul, Bag‘oyat muxtasar, lekin mufid ul. Eshik ochib anga chun qo‘ydi gome, Ko‘rundi toqida raxshanda jomi 5 . Safou tob aro andoqki xurshed, Dema xurshed, balkim jomi Jamshed. Bo‘lub geti aro mehri samo ul, Hamul oyinai getinamo ul. Bori maxfiy umur izhori anda, Jahon holoti ravshan bori anda. Tashida jilva aylab markazi xok, Ichinda lek to‘qquz davri aflok. Tashi ul nav’kim komil zamiri, Ichi andoqki sohibdil zamiri. Ani chun torti Farhodi taabnok, Bag‘oyat bo‘ldi xushholu tarabnok. Qo‘yub ul ganju jomi xusravona, Yonib xayli sori bo‘ldi ravona. Yetib sarchashmag‘a mindi takovar, Ravon Xoqon sori surdi dilovar. Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 130 Yetib Xoqonu xaylin shod qildi, Tuman ming qayg‘udin ozod qildi. Yetib bori cherikka rohbarliq, Alar keynicha aylab raysirarliq. Anga tegruki ul sarchashma erdi Ki, anda Xizr anga ta’lim berdi. Tushurdi sarbasar xaylu sirahni, Olib bo‘ldi ravon dasturu shahni. Angachakim bor erdi sheru darband, Yana to ul hisori charxrayvand. Ichinda bor ekan zohir xazoyin, Bulardin ayru har maxfiy dafoyin. Borin Xoqong‘a chekti tuhfaoyin, Anga tegruki ul jomi jahonbin. Debon yuz nav’ shukri Ezidi pok, Yonib manzilg‘a keldilar tarabnok. Qamar Farhodi chun ko‘rguzdi jismin. Buzub kunduz hisorining tilismin. Sikandardek kirib zulmatga xurshed, Tilism ichra yoshundi jomi Jamshed. Alar topib yana ishratqa asbob, Solib jomi Jam ichra bodai nob, Surub gohi Sikandardin tarona, Debon Jamsheddin gohi fasona. Kel, ey soqiy, tuzub ishrat maqomin, Quyub may, tut manga Jamshed jomin. Sikandar ko‘zgusini aylab ifsho, Qilay Jamshedning jomin tamosho. XXV Farhodning Iskandar tilismin ochib, xoqon va Mulkoro bila Suqrot tog‘ig‘a azimat qilmog‘i va ul tog‘ning irtifo’da falakdin bosh o‘tkarganidin sarguzashti aytmoq va tiyra g‘orlarning har biri hijron tunidin savod ko‘rguzganidin afsona demak va Farhod jomi jahonnamoda aqolimi sab’a mamolikin |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling