Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
127 Yiqilg‘ay yerga ul raykar hamul dam, Ne yolg‘uz ulki boru uzra yuz ham. Ochilg‘ay ul tilismi hech-darrech, Kishi kirgay anga vahm etmayin hech. Vale otqon zamon baxt o‘lmay ogoh. Kishi yozsa o‘shul ko‘zguni nogoh. Kushod o‘lg‘ay anga ul barcha novak, Chiqorg‘ay rar oningdekkim chakovak. Tani bo‘lg‘ay qafas monand holi, Tiriklik bulbulidin lek xoli. Chu sen dog‘i bu ishga aylagung azm, Degan so‘zlarni asra ko‘nglunga jazm. Desangkim, toymag‘oy ul yerda goming, Sanog‘liq gom ila bo‘lsun xiroming. O‘qurda «ismi a’zam» tutma orom, O‘qumay «ism» qo‘yma yo‘lda bir gom. Chu qilsa hamla sher og‘zini ochib, Damidin ajdahodek shu’la sochib. Ravon xotamni oning og‘zig‘a ot Ki, oning birla daf’ o‘lg‘usi ul bot. Olib xotam yana bo‘lg‘il ravona, Hamul toshqachakim dedim nishona. Chiqib tosh uzra ochay deb eshikni, O‘qu yoyinga chun urg‘ung ilikni, Necha otmoqqa bo‘lsa iqtidoring, Kerak albatta «ism» o‘lg‘ay shioring. Chu qildi Xizr bu ishlarni ta’lim, Dedi: tush yo‘lg‘a emdi, aylamay bim. O‘pub, Farhod, ayog‘in yo‘lg‘a kirdi, Nekim qildi oning ta’limi erdi. Chu bo‘ldi sher darband ichra mavjud, Anga xotamni otqoch bo‘ldi nobud. Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 128 Olib xotam, yana urdi sanab gom, Hamul tosh ustiga tutquncha orom. Chu tosh uzra ayog‘in terti mahkam, Hisor ichra sadoe tushti ul dam. Sado chun behadu andoza bo‘ldi, Ochilg‘on burnoroq darvoza bo‘ldi. Eshik ochilg‘och-o‘q bo‘ldi sado yo‘q, Ul o‘pchinliq chiqib keldi chekib o‘q 3 . Yana boru uza yuz novakafkan, Chekib o‘qlar, kiyib borisi javshan. Xadangin borcha ul yon tortibon tuz Ki, Farhod anda ko‘rguzmish edi yuz. Ko‘rub Farhod mundoq ibtiloni, Bir-o‘q jonig‘a yuz tiyri baloni. Tavahhum aylamay ul ranjraymoy, Taanni birla olib o‘q ila yoy. Chu tortib novakin aylab darange, Aningdek urdi ko‘zguga xadange Ki, mahbub urg‘ay asrab g‘amza chog‘in, Muhib ko‘ksiga qo‘yg‘on eski dog‘in. Chu tegdi ul xadangi barqosor, Yiqildi bu xadangafkan nigunsor. Yiqilg‘och bu, hamul yuz ro‘yitanvash Ki, boru uzra erdilar kamonkash. Alar ham borcha yerga bo‘ldilar rast, Quyig‘i novakafkan birla hamdast. Yana Farhod ko‘rgach bo‘yla ahvol, Tilin mundog‘ g‘arobatlar qilib lol. Solib Haq hamdig‘a filhol tilini, Sanog‘a qildi go‘yo lol tilini. Qadam qo‘ydi ravon darvoza sori, Hamul oshubi beandoza sori. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling