Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
119 Anga kirgan kishiga zor yig‘lab. Shamolikim solib har yon g‘irevi Degilkim, na’ra aylar narra devi. Bo‘lub har sabza no‘gi nishtari tez, Ne nishtar, qon to‘karga xanjari tez. Qayonkim yel yetishgach tebratib shox Ishoratkim: bu sori kirma gustox. Chinori tebratib ilgini har yon Ki, ey kirgan kishi, Tengri uchun yon! Ul aylab Haq taolog‘a tavakkul, Bu besha ichra surdi betaammul. Kesib yo‘l o‘ylakim oshuftaroe Ki, bo‘ldi beshada raydo fazoe. Sarosar ul fazoda sabzau vard, Va lekin sabzai ranju guli dard. Chu qildi ul sori surmak xayoli, Ko‘rundi ollida bir qasri oliy. Surub ul qasr sori devzodin, Qilib devu Pari Tengrisi yodin. Tovush chun ongladi ifriti qattol, Chiqardi boshki, fahm etkay nedur hol. Ne ko‘rdikim yiroqtin shahsuvori, Kelur rarvosiz oning qasri sori. Ko‘runub hay’atidin tezhushluk, Bilinib raykaridin devkushluk. Chu ko‘rdi Ahraman ul kavkabi sa’d, Urub bir qahqaha ul nav’ikim ra’d. Chiqib keldi sahobi qahr yanglig‘, Ayog‘din-boshqa tegru zahr yanglig‘. Sochib olamg‘a jismi beqarori, Qiyomat o‘tiyu do‘zax sharori. g‘ururidin zamon bo‘stonig‘a larz, Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 120 Xurushidin falak ayvonig‘a darz. Tanida har sari mo‘ bir sinondek, Sinon yo‘q, balki ajdarvash yilondek. Tomib chun jismidin har qatrai rev, Yetib tadrij ila charx oni bir dev. Qaroliqdin yuzi shomi malolat, Uzunluqda bo‘yi ro‘zi qiyomat. Qo‘lida bir sutun balkim chinore, Tuzu hamvor andoqkim minore. Uchida berkitib bir ko‘hrora, Bo‘lubon dastasi oning minora. Chekib boshig‘a bu andozaliq gurz Ki, gar ul teksa, tufrog‘ o‘lg‘ay Alburz. Aningdek urdi yuz shahzoda sori Ki, sarsar savsani ozoda sori. Debon: «K-ey g‘aflatoyin odamizod, Bitilgan davri charx ollingg‘a bedod. Bu beshakim o‘tarda vahm etib lol, Solur babr anda ranja, sher changol. Malak o‘tsa o‘char oning hayoti, Uqob uchsa kuyar oning qanoti. Bu kelmakdin sening nedur xayoling Ki, kirmish qoninga fikri maholing». Bu yanglig‘ ko‘p yasab muhlik navola, Boshig‘a gurzini qildi havola. Bo‘lub shahzoda qalqonig‘a moyil, Qilich birla chorib gurzin hamoyil. Aningdekkim tushub boshig‘a toshi, Bo‘lub ul toshdin ozurda boshi. Tushub o‘t Ahramang‘a ko‘rgach oni, Tutub bosh, qasrig‘a qaytib ravoni. Tutub bir gurz ondin sahmginroq, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling