Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
113
Yetishgach g‘or ichiga bemahobat
Ko‘ziga uchradi mundoq kitobat. 
Musayqal taxta tosh uzra qozilg‘on, 
Nihoni ganj ahvoli yozilg‘on 
Ki: «Yey ulkim solib ofoq aro sho‘r, 
Berib Tengri sanga tavfiq ila zo‘r. 
Chu o‘lturgung durur bu ajdahoni, 
Aning g‘orida ganjidur nihoni. 
Aning chun rishtai umrini uzdung, 
Erur bu ganji maxfiy dastmuzdung. 
Erur bu g‘or gardundek mudavvar, 
Chu markaz nuqtasin torting muqarrar
3

Ko‘mukluk yerga toshidur shabahgun 
Ki, bor vazn ichra ming botmondin afzun. 
Qilich no‘gi bila davrini yorg‘il, 
Solib sarranja o‘rnidin qo‘ng‘org‘il. 
Chu qilding raf’ ul tosh zahmatini, 
Kirib ko‘r, Haq taolo qudratini». 
O‘qub shahzoda ul farxunda tahrir
Bitilganni bajo kelturdi bir-bir. 
Qilib bori yozilg‘onni rioyat, 
Topib ganji oningdek benihoyat 
Ki, gardun xozini darkida ojiz, 
Ko‘zi ko‘rmay mingidin birni hargiz. 
Necha ming xum nihon qilg‘on Faridun, 
Vale har bir nechukkim xumi gardun. 
Bo‘lub oltun-kumush ba’zida zohir, 
Vale ba’zida qiymatlig‘ javohir. 
To‘rida ganjning bir oli ayvon 
Ki, har burchidag‘i o‘rgamchi Kayvon. 
Bu ayvon ichra bir taxti murassa’, 
Aning ustida yuz jinsi mulamma’. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
114
Bular ustida tig‘i obdori, 
Kelib parronlig‘ ichra Zulfiqori
4

Aning yonida bir qalqonki, aflok 
Topibon qubbasin xurshedidek pok
5

Yozilg‘on safhai anda bu mazmun 
Ki: «Ulkim yor o‘lub baxti humoyun. 
Bu qalqonu qilich tushsa eliga, 
Birin osib, birin bog‘lab beliga. 
Agar yuz dev birla qilsa novard, 
Zamon ichra chiqorg‘ay borchadin gard 
Ki, qalqon qubbasida misli xotam
Sulaymon yozdurubtur ismi a’zam. 
Budur xosiyatikim yuz tuman dev, 
Desakim zohir etkay makr ila rev. 
Bu qalqonni yoring‘on bemadoro 
Ki ism o‘lg‘ay alarg‘a oshkoro. 
Barining raykari nokor bo‘lg‘ay, 
Qaro tufrog‘ ila hamvor bo‘lg‘ay. 
Qilichda dog‘i ismedur bitiklik 
Ki, ul bu ismdin tormish itiklik. 
Aning xosiyati bukim muhorib
Agar bu tig‘ birla bo‘lsa zorib. 
Kishikim bo‘lmag‘ay shoyistai tig‘, 
Tani bo‘lmog‘ay oning xastai tig‘. 
Vale yetkach iki bo‘lgay yamonni, 
Shayotini lainu Ahramanni». 
Bu ikki tuhfani chun torti Farhod, 
Yarotqong‘a sujud etti bo‘lub shod. 
O‘pub ul tig‘ ila qalqonni olib, 
Beliga bog‘labu bo‘ynig‘a solib. 
Ravon bo‘ldi xiromon seli sori
Minib surdi sirohu xayli sori. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling