Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
XXII Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
XXII
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 109 Farhodning ajdahovash ko‘hraykariga minib ajdahokushlik tig‘in chekib, ajdaho vodiysig‘a kirib, ajdaho uni o‘q yilonidin damor chiqarg‘ondek ajdahoni o‘q yiloni bila toru mor qilmog‘i, dog‘i ajdaho g‘org‘a yuzlangandek ajdaho g‘orig‘a yuzlanib, Afridun ganjini tormog‘i va dog‘i ul ganjda ajdaho monand qilich bila halqa urg‘on yilondek qalqonni iliklab ul ganjni atosi bila xaylig‘a nisor qilmog‘i Kecha dudini surgach tong nasimi, Chiqordi subh ganji lavhi simi. Quyosh tun g‘oridin bo‘ldi ravona, Nechukkim ajdar og‘zidin zabona. Niyoz ashkin to‘kub Farhodi g‘amnok, Burun ul suv bila g‘usl aylabon pok. Ne ta’limiki qilmish erdi dono, Borig‘a korband o‘ldi hamono. Qo‘yub tufroqqa yuz, aylab tazarru’ Xudoyidin qilib nusrat tavaqqu’. Atosining ayog‘ig‘a qo‘yub bosh, Duoyi himmat istab oqizib yosh. Ato aylab yoqosin choku yig‘lab, Bo‘lub bori ulug‘ g‘amnoku yig‘lab. Bihillik istabon ozoda shahdin, Dema shahkim, bori xaylu sirahdin. Sirohu shoh fig‘oni tez tortib, Falak javfida rustoxez tortib. Bo‘lub ul o‘ylakim shohi kavokib, Falakvash ajdahoraykarg‘a pokib. Silohi razm aro ul nav’ o‘lub g‘arq Ki, ondin to quyosh charx aylamay farq. Ul ahvolig‘a istab Haqni yovar, Hamul manzil sari surdi takovar. Ato ul nav’ ko‘rgach o‘g‘li holin, Yurudi keynicha tortib yasolin. Chu raxshi qildi ul yon ro‘ya raydo, Bo‘lub ajdar alomoti huvaydo. Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 110 Kelib ollig‘a dashti o‘ylakim qir, Degilkim, qildi yo‘l azmig‘a shabgir. Firoq ayyomidek zulmot monand, Topib zayli ajal shomig‘a rayvand. Xabar deb rangi hijron olamidin, Qarorib dasht ajdarho damidin. Botib kul ichra raxshi qilgoch ohang, Qilib ul gard gulgunini shabrang. Yetishti bir ufunatliq nasime Ki, qilg‘ay atri jannatni jahime. Ko‘p el, ul atrdin es tarki qildi, Cherikning ko‘rragi otdin yiqildi. Qilib Farhod berk o‘z bag‘rig‘a tish, O‘zin solmay, chu tushmish boshig‘a ish. Ko‘rungach ajdahoning tiyra g‘ori, Azimat qildi oning g‘ori sori. Yetishgach el nasimi ajdahog‘a, Ajal go‘yo sinon urdi balog‘a. Mahobat birla chiqti g‘or ichidin, Balodek gunbazi davvor ichidin. Tomug‘ning shu’lasidek iztirobi, Hamul o‘t dudi yanglig‘ rechu tobi. Damidin shu’la sekrib pora-pora Ki, ondin olam o‘rtab har sharora. Tutun yanglig‘ dami abri kasofat, Shararlar anda har bir barqi ofat. Tani ranju baloning ko‘hsori Va lekin og‘zi ul ko‘hsor g‘ori. O‘tu rechida dud ul g‘or ichinda, Aningdekkim, o‘zi ko‘hsor ichinda. Uzolg‘on tog‘dek andomi oning, Vale yo‘q seldek oromi oning. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling