Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
103
Alar aylab duou midhat og‘oz. 
Chu topib bori hikmat ahli taskin
Qilib bunyod shohi hikmatoyin 
Ki: «Biznikim, sirehri muxtalifroy, 
Bu kishvar sori qildi dashtraymoy. 
Emas erdi mamolik fathi maqsud, 
Erur erdi maholik fathi maqsud
3

Bu bo‘lmish xotiri olig‘a ma’lum 
Ki, bu kishvardadur bir marz ila bum 
Ki, bo‘lmish anda tog‘e oshkoro, 
Ayog‘din-boshig‘a bir rora xoro. 
Erur xoro ichinda tiyra g‘ore, 
Nechukkim furqat ichra shom tori. 
Topib ul tiyraliq Suqrotdin nur, 
Nechukkim Mushtariydin shomi dayjur». 
Anga yetguncha uch manzilda bir-bir, 
Nechukkim bilmish erdi qildi taqrir. 
So‘zin qilg‘och bayon so‘rdi nishoni 
Kim: «Andoqkim bilursiz ayting oni. 
Ki, qaysi sori bu maqsad ayondur, 
Masofat ne qadardur, yo‘l qayondurg‘» 
Yer o‘rtilar, qurub ul xayli dono 
Ki: «Shoh o‘z komig‘a bo‘lsun tavono. 
Bu so‘zkim shah so‘rar andin nishona
Bu mulk ichra hakimedur yagona. 
O‘tub besh yuzdin ayyomi hayoti, 
Suhayloyi hakim el ichra oti, 
Erur Yunonda Suqroti zamon ul, 
Tutub Suqrotdek g‘ori nihon ul. 
Tariqi inzivodur virdi oning
Hunarda borchamiz shogirdi oning. 
Bilur ul, ahli hikmatning ranohi, 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
104
Bu ishning borcha ahvolin kamohi. 
Eshitkon birla bizlar ham bilurbiz, 
Ne so‘zkim shah so‘rar, sharhin qilurbiz. 
Va lekin chun bu ma’ni toru rudi
Emas tahqiqimiz, yo‘q nukta sudi. 
Nechuk bilmay degay so‘z ahli hikmat, 
Xususan so‘rsa oni ahli davlat. 
Bu mushkil nukta hallin ul qilur, ul, 
Aning sori buyursang boshlali yo‘l». 
Chu shah topib bu ma’nidin nishona, 
Bo‘lub shahzoda ko‘ngli shodmona. 
Rikob ahli ravoni chektilar ot
Ato birla o‘g‘ul otlandilar bot. 
Bo‘lub ul hikmat ahli borcha hamroh, 
Alardin nuktajo‘ shahzodau shoh. 
Ko‘rundi dasht aro bir qulla rora, 
Hakim onda nihon bo‘lg‘on mag‘ora. 
Tushub markablaridin borcha nokom, 
Yayoq ul g‘or sori urdilar gom. 
Biri ul hikmat ahlidin nihoni
Kirib g‘or ichra ogah qildi oni 
Ki, hamrahlig‘ etib iqboli jovid, 
Atorud sori kelmish oyu xurshed
4

Suhaylo chun eshitti ul iborat
Alar ihzorig‘a qildi ishorat. 
Adab birla kirib shahzodau shoh, 
QO‘pub o‘z o‘rnidin donoi ogoh. 
Ko‘rushti ikkisi birla kulub shod, 
Alar ham o‘rtilar ilgin bo‘lub shod. 
Hakim o‘lturdi mushkil qilg‘ali hal, 
Alarning ikkisin o‘lturtub avval. 
Surub yo‘l ranjidin shahlarni bir-bir, 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling