Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
97 Agarchi elga bor andin malolat, Mening hech anda yo‘qtur ixtiyorim Ki, ollimg‘a yozibtur Kirdigorim. Bilurmen mushkul ishdur asru, lekin Qila olmon qazo o‘tini sokin. Kerakkim aylasang Xoqong‘a taqrir, Mening ollimg‘a kelturganni taqdir. Atoliq haqqi chun bordur apoda, Ijozat istaram bu mojapoda. Dag‘i yo‘lumg‘a himmat zod qilsun, Va gah-gohi duoda yod qilsun. Aning himmat bila gar bo‘lsa yodi, Shak ermas tormog‘im bu ish kushodi. Ijozat bermasa Tengri tonuqdur, Haq ollinda bu asrorim ochuqdur Ki, besomon bo‘lub bechoraliqdin, Guzirim yo‘qturur ovoraliqdin. Olib boshim, demay obod ila cho‘l, Hamul maqsad sori tutqum durur yo‘l. Yo‘lumda devdur, gar ajdahodur, Tilism ichra agar yuz ming balodur, Yumub borcha tahoshidin ko‘zumni, Ul ofatlarg‘a urg‘umdur o‘zumni. Ishim chun man’ ko‘yidin yiroqdur, Ijozat bo‘lsa shahdin yaxshiroqdur». Bu muhlik ruq’a chun irod qildi, Yana muhlik qasam ham yod qildi Ki: «Yo‘l tormas bu maqsudimg‘a tag‘yir, Sen emdi sa’y etarda qilma taqsir». Chu Mulkoro eshitti bu fasona, Chekib ko‘nglidin ohi bexudona. Malomat aylabon aytay desa rand, Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 98 Ko‘rubkim, rand eshigin aylamish band. Ne so‘zdin istasa tutmoq qo‘lini, Ko‘rubkim bog‘lamishdur so‘z yo‘lini. Ajab nav’ onglabon ul surati hol, Qolib ojiz dam urmoqdin, bo‘lub lol. Vujudin aylabon bu shu’la nobud, Yetib ko‘k gunbadiga ohidin dud. Ko‘zi bu dud ranjidin yoshorib, Qupub yig‘layu shoh ollig‘a borib. Tilab xilvat, kirib xoqon qoshig‘a, Mudovo aylay olmay ko‘z yoshig‘a. Ko‘rub ayturda ranji benihoyat, Qilib har ne eshitkanni hikoyat, Chu onglab shoh aning bu mojarosin, Urub ko‘ksiga, chok aylab yaqosin. Ikav ul mehnati anbuh birla, Base yig‘lashtilar anduh birla, Chu ko‘p qildi jaza’ shohi zamona, O‘pub tufrog‘ni dasturi yagona. Bo‘lub dardig‘a bir-bir chorarardoz, Nasihat qildi sokin-sokin og‘oz Ki: «Shoho, har ne sabt o‘ldi qazodin, Torilmas chorae o‘zga rizodin. Bukun chun shah zamonning a’qalidur, Munavvar ko‘ngli davlat mash’alidur 1 . Ne hojat aytmoqkim chun tushar ish, Jaza’din behdur o‘lmoq choraandish. Xirad gar bo‘ldi ersa chorarayvand, Natija choradin torqay xiradmand. Gar o‘lsa chorag‘a taqdir mone’, Kerak bo‘lmoq qazo hukmig‘a qone’». Dedi shah: «Yey saodat sham’i roying, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling