Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
91 Tuman ming jinsi chiniyu xitoyi, Basar torining o‘lmay rahnamoyi. Bo‘lub yuz rang irak birla musavvar, Biridek ko‘rmayin charxi mudavvar. Bo‘lub tasvirida yuz chehra raydo Ki, Aqli Kull bo‘lub husnig‘a shaydo. Tikilgan to‘n hisobin kimsa bilmay, Birisi ham kesilmay, ham tikilmay. Hunarvardin bari omoda bo‘lg‘on, Mukammal korgoh ichra to‘qulg‘on. Harir onchaki yo‘q royoni oning, Yuz oncha hullakim, yo‘q soni oning. Aningdek hullalar kelturdi ganjur Ki, andin kiysa gar o‘n hulla bir hur. Hanuz o‘lg‘oy tanu andomi ma’lum, Tanining rangi nasrinfomi ma’lum. O‘kulgan nofadin xarvor-xarvor, To‘kulgan mushk xud anbor-anbor. Javohir onchakim fikrat dabiri Hisob aylab torilmay mingda biri. Oqizib ko‘z suyin har la’li serob, Olib jon naqdini har bir duri nob. Buluru yashm yuz ming bulajab zarf Ki, har birga xiroji mulk o‘lub sarf. Qilib ganjur yuz mundoqni hozir, Bo‘lub ham shoh, ham shahzoda nozir. Necha boqqon soyi hayrat bo‘lub fosh, Kulumsub gohu, gohi irg‘otib bosh. Tamoshodin to‘yar chog‘ chun yovushti, Ko‘zi bir bulajab raykarg‘a tushti. Buluri nobdin bir turfa sanduq, Yasomaydur degaysen oni maxluq. Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 92 Safoliq xulqi ko‘nglidin namudor, Ichinda bir ajab hay’at radidor. Vale ul turfa hay’at sirri mubham, Murassa’ qufl ila sanduq mahkam. Dema sanduq, yuz ofat hisori, Eshigin rust bog‘lab qal’adori Ki, ofat qal’asi mahkamroq avlo, Aning asrori ham mubhamroq avlo. Chu anda bulajab ko‘rdi shamoyil, Bo‘lub shahzoda bilmaklikka moyil. Dedi: «Bas turfadur bu san’atu soz, Dengizkim, ne durur bu rardada rozg‘ Kalidi qayda bo‘lsa, hozir aylang, Ochib quflini, sirrin zohir aylang!» Qilib xoqon bu ma’nida madoro, Ravoni ayladi uzr oshkoro. Ki, bu sanduq sirrin kimsa bilmas, Kalidi yo‘qturur, qufli ochilmas. Ani ko‘rdung, bilurning fikridin kech Ki, biz ham ko‘rduk, ammo bilmaduk hech. Eshitgach shoh uzrin shohzoda, Havas savdosini qildi ziyoda. Dedi: «Har ishki qilmish odamizod, Tafakkur birla bilmish odamizod 2 . Ulum ichra manga to bo‘ldi madxal, Torilmas mushkile men qilmag‘on hal. Muning ham bilmaguncha aslu budin, Muayyan qilmag‘uncha toru rudin Ne imkonkim qaror o‘lg‘ay ko‘ngulga, Tasalli oshkor o‘lg‘ay ko‘ngulga». Nechakim shoh uzrangez bo‘ldi. Aning savdosi ko‘rroq tez bo‘ldi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling