Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
87 Ki, achchig‘ tutti behad shoh boda. Oningdek chekti ohi otasholud Ki, yetti ohidin ko‘k saqfig‘a dud. Topib ul nuktadin ozor yig‘lab, O‘zin tufroqqa soldi zor yig‘lab. Dedi gardung‘a tortib ohi jonkoh Ki: «Ko‘p yillar tirik bo‘lsun shahanshoh. Sariri charx bo‘lsun taxti johi, Fuzun anjum sirohidin sirohi. Nishoti bog‘i har kun toza bo‘lsun, Guli aysh onda beandoza bo‘lsun. Qo‘lidin tushmasun jomi Kayoniy, Ichinda may ziloli zindagoniy. Bu so‘zlarniki shah qildi xitobim. Ne dermen menki, ne bo‘lg‘ay javobim. Turub ma’razda so‘z haddimni bilmon, Javob ayturg‘a o‘z haddimni bilmon. Necha tufrog‘ esa jismi haqirim, Vale bir-ikki so‘zdin yo‘q guzirim. Biri ulkim, chu yo‘q umr e’timodi, Yigit-qarig‘a tengdur zulmu dodi. Vale olamda harne bo‘lsa mavjud, Baqosig‘a erur bir nav’i ma’hud. Qayu mash’alki bazm aylar muzayyan, Uchar yuz ming sharar, ul shu’la ravshan. Giyah yuz ming bo‘lur bo‘stonda barbod, Vale yuz yil turar bir sarvi ozod. Bo‘lur yuz rushta homun sel chog‘i, Turar o‘z o‘rnida Alburz tog‘i. Kichiklarga kichikdur umr asosi, Ulug‘larg‘a ulug‘roqdur qiyosi. Yana bir buki, umr ar torsa yuz yil, Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 88 Chekarmu rashsha, har nekim chekar ril. Uqobu Kuykanakni qilsalar qayd 2 , Qachon qilg‘ay aning saydini bu sayd. Agarchi arsa xoli qolsa mutlaq, Tutarmu anda shoh o‘rnini baydaq. Quyosh mag‘rib sori yoshursa diydor, Tuman ming zarradin bir yo‘q radidor». Surub bu nuktalarni shohzoda, Atoning shavqini qildi ziyoda. Dedi Xoqonki: «Yey sham’i farog‘im, Farog‘u sham’ yo‘q, ravshan qarog‘im. Hadising lutfi yuz ming jondin ortuq, Ne jonkim, chashmai hayvondin ortuq. Bu so‘zlar gavhari durjinki ochting, Guhar ul durjdin olamg‘a sochting. Quloq torti duri shahvor sendin Va lekin men zaifi zor sendin. Tama’ bu ranglig‘ so‘z tutmas erdim, Javobim bu sifat ko‘z tutmas erdim. O‘zungdin gar meni xushdil tilarsen, Murodim umrdin hosil tilarsen, Ayon qilmoq kerak bu so‘zda rosim, Qabul etmak kerak bu iltimosim». Bu yanglig‘ ko‘rdi chun shahzoda surat, Qabul etmakligi erdi zarurat. Yana tufrog‘ O‘pub bunyod qildi, Hazin ko‘nglin atoning shod qildi. Ki: «Chun shah uzr man’in qildi bilkul, Manga ne hadki qilg‘oymen taammul. Vale chun men haqiru, ish ulug‘dur 3 , Bu so‘z arzin zarurat qilg‘ulug‘dur. Chu men bu choqqa tegru g‘ofil erdim, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling