Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
93
Nechakim shoh etib ko‘rrak taammul, 
Bo‘lub shahzoda ko‘rrak betahammul. 
Shah aylab necha ul ishga nazora
Torilmay rostlig‘din o‘zga chora. 
Dedikim, quflin oning ochtilar bot, 
Ichidin chiqti bir raxshanda mir’ot. 
Safo bobida mehri xovariy ul, 
Ne mehr, oinai Iskandariy ul. 
Sadafda durri bayzochehr yanglig‘, 
Falak sanduqi ichra mehr yanglig‘. 
Hakimikim nigor aylab tirozin, 
Yozib keynida maxfiy borcha rozin 
Ki: «Bu mir’otkim, getinamodur, 
Anga xurshedcha nuru safodur. 
Erur Iskandari Rumiy nigori, 
Jahon ahlig‘a oning yodgori 
Ki, aylab to‘rt yuz dono bilan jahd
Alardin har bir Aflotung‘a
3
hamahd. 
Sirehr ahvolining sohibvuqufi, 
Jahonning korbandu faylasufi. 
Tanib afloku anjum toliin tuz, 
Bu ko‘zgu san’atida qo‘ydilar yuz. 
Necha yil ranj tortib bemadoro, 
Bu raykar naqshi bo‘ldi oshkoro. 
Bu ko‘zgukim erur hikmat jahoni
Tilismedur shigarf anda nihoni
4
Ki, har kim ochmog‘ig‘a sa’y qilsa, 
Aning sa’yi bila bu ish ochilsa. 
Kelib ko‘zguni yerdin olsa filhol, 
Safolig‘ chehrig‘a ko‘z solsa filhol, 
Nekim umrida andin turfaroq ish
Emas mumkin, agar xud no‘shu gar nish 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
94
Ki, Tengri aylamish ko‘rmakni ro‘zi, 
Qazo boshig‘a kelturmakni ro‘zi. 
Bo‘lur bu ko‘zgu ichra jilvaoro, 
Qilurg‘a g‘ayb sirrin oshkoro. 
Vale ochmoqlig‘i mushkildur asru
Gudozi jismu ranji dildur asru. 
Angakim tushsa ochmoq iztirobi, 
Bu bo‘ldi ul muammoning hisobi. 
Ki, Yunon mulki ul farxunda kishvar 
Ki, hikmat birla torti zebu zevar. 
Hakimikim topib ashkoli aflok, 
Bu kishvar tufrog‘idin bir ovuch xok. 
Toshi hikmat elining durri toji
Giyohi borcha illatlar iloji. 
Shimoliy haddida tog‘e durur tund 
Ki, tig‘i ko‘k misosidin erur kund. 
Kishi Yunon sori bormoq keraktur, 
Inon ul toqqa boshqormoq keraktur. 
Apoda qolsa uch manzil masofat, 
Ul uch manzilda voqedur uch ofat. 
Burung‘i manzil ichra ajdahoe
Yaratqon Tengri qahridin baloe
5

Ikinchi manzil ichra Ahraman bil, 
Anga bedodu ofat da’bu fan bil. 
Uchunchida tilismi bulajab soz, 
Bu ikidin dog‘i mushkilrak ul roz. 
Bu uch manzildin o‘tkorganga mahmil. 
Deyilgon tog‘ erur to‘rtinchi manzil. 
Bu tog‘ ichra kishi qilsa guzore
Ko‘rar hijron tunidek tiyra g‘ore. 
Erur g‘or ichra Suqroti yagona, 
Dema Suqrot, Buqroti
6
zamona. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling