Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
85 Ne ellik, oltmish haddig‘a yetmish. Ishimga dam-badam qilsam taaqqul, Erur holimg‘a kun-kundin tanazzul. Qariliq aybini yoshursa bo‘lmas, Borur chog‘ bo‘ldi, boqib tursa bo‘lmas. Havas bo‘lsa qarig‘a navjavonliq Xijolat zohir aylar sargaronliq. Tabiat serti chun mushk uzra kofur, Yana kofur mushk o‘lmoq ne maqdurg‘! Saqol oqi o‘lumga reshravdur, Tiriklik sabzasi uzra qiravdur. Ani uzmak yigit bo‘lmoq g‘amida, Saqol yulmoq durur o‘z motamida. Iki-uchni yulub yuz aylagan resh, Topar besh-olti kundin so‘ng o‘n-o‘n besh. Birovkim rang etarga qilsa ohang, Bo‘lur chun necha kun o‘tti necha rang. Ko‘rub ul rangrezlik ishlarini, Tarog‘ kulmakka ochib tishlarini. Tarog‘ gar kulsa oncha sa’b emas hol, Balo ul lahzadurkim kulsa atfol. g‘arazkim makru hiylat birla qori, Yona olmas yigitlik ko‘yi sori. Yigitlik ayshi bisyor o‘ldi bisyor, Qarilik ranji dushvor o‘ldi dushvor. Mangakim bo‘yla dushvor ish tushubtur, Ishim dushvorliqqa yovushubtur. Agarchi umrdindur shikva chog‘i, Qayu shikva, qilurmen shukr dog‘i Ki, Haqkim andin o‘ldi har hidoyat, Manga qildi hidoyat benihoyat. Yigitliq ondakim arzoni etti, Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 86 Xitou Chin elining xoni etti. Qarilik ko‘yiga solg‘och xiromim, Seni qilmish mening qoyim maqomim. Jahon shomida gar bir oy kamdur, Quyosh chunkim tulu’ aylar ne g‘amdur. Chinor ar bog‘din kam qilsa soya, Ne g‘am chun chiqti sarvi sidraroya. Ne bok ar beshadin chiqqay hizabre, Chu bo‘lg‘ay o‘rnida g‘urranda babre. Atokim sen kibi farzandi bo‘lg‘ay, Hayoti naxlining rayvandi bo‘lg‘ay. O‘lum vaqti yetishgach g‘am yeqaymu, Agarchi o‘lsa ham o‘ldum degaymug‘ Chu yo‘qtur e’timodi umr ishiga, Qachon o‘lmoq yaqin ermas kishigag‘ Yigit istar qariliqning navidi, Qarig‘a yo‘q yigit bo‘lmoq umidi. Qariliq dardi bedarmondur oxir, Bir ish ko‘nglumda ko‘p armondur oxir Ki, o‘lmasdin burun ochib ko‘zumni, Sarir uzra yigit ko‘rsam o‘zumni Ki, ya’ni toju taxtu saltanat ham, Sirohu mulku molu mamlakat ham. Bori bo‘lsa sening birla muzayyan, Seni o‘z o‘rnuma qilsam muayyan. Sanga tutsam musallam rodsholiq, Xaloyiq ustida kishvarxudoliq. Manga shahliqda qulluq ham qil emdi, Atoliq ham, o‘g‘ulluq ham qil emdi. Nekim elning salohidur, oni qil, Mening budur salohim, emdi sen bil. Bu bazm ichra chu ko‘rdi shohzoda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling