Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
77
Sabo qilg‘och suv ichra zar fishonlig‘, 
Suning tig‘ini aylab zar nishonlig‘
5

Uchub barg o‘tidin har yon sharora
Nechukkim zarvaraqdin rora-rora. 
Sarig‘ yafrog‘ uzakim o‘lturub zog‘, 
Bo‘lub andog‘ki sorig‘ lolada dog‘. 
Terak sorg‘ortibon yuz zorlardek. 
Sarig‘ og‘riq bila bemorlardek. 
Chamanning har yig‘ochi bir sarig‘ qush, 
Bo‘lub bori tulak ayyomig‘a to‘sh. 
Havo qilmoqqa yafrog‘din ochib rar, 
Chu yeldin silkinib, har yon sochib rar. 
Qilib har tun nasimi subhgohi
Shajar bargin nechukkim subh kohi. 
Aningdekkim chekib oshiq sovug‘ oh, 
Qilur kohi yuzin ul ohi jonkoh. 
Quyun yafrog‘ni aylandursa har yon, 
Bo‘lur majnuni sargardonu uryon. 
Qilib zarhal xazon naqqoshi tartib, 
Qilurg‘a bog‘ avroqini tazhib
6

Bu shug‘li ichra aylab sahv tarkin
Zar andar zar qilib barg uzra bargin. 
Quyoshdek tob urub qasri muzahhab, 
Xazoniy barglar girdida kavkab. 
Ajab fasle jahong‘a ko‘rguzub yuz 
Ki, bir kun jilva aylar mehru yulduz. 
Munungdek faslda shahzodau shoh. 
Bu nazhatgahni qildilar tarabgoh. 
Qilib kisvat hariri za’faroni, 
Iki gardun quyosh ichra nihoni. 
Muzahhab shirada oltun surohi, 
Bo‘lub oltun suyi lavn ichra rohi. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
78
Uy oltun, farshi oltun, tomi oltun, 
May oltun, zarfi oltun, jomi oltun. 
Hulal qasr ichra har yon zebi zarhal. 
Kavokibdek guhar birla mukallal. 
Ko‘runub ko‘zga oydindek namudi
Quyosh zarrishtasidin toru rudi. 
Mug‘anniylar chekib dilkash navolar, 
Solib zarkor toq ichra sadolar. 
Favokih bazm aro limuvu noranj, 
Bihi ko‘rgach oni ko‘rmay yana ranj. 
Tarab ko‘rrak bo‘lub dasturdin ham
Dema dasturkim, maqdurdin ham. 
Uch oy bu qasr aro ham tuzdilar jaysh, 
Surudu boda birla qildilar aysh. 
Sovurdi chun shajar bargini sarsar. 
Suning simobini day qildi marmar
7

Havo dog‘i bulutdin kiydi sinjob, 
Bulut dog‘i havog‘a sochti simob. 
Day ustodi nechukkim zargari Chin
Zilol atfoli lavhin qildi siymin. 
Bulutdinkim tomib har qatrai suv, 
Burudatdin yog‘ib olamg‘a inju. 
Arig‘kim obgirin hanjar aylab, 
Sovuq og‘zi luobin xanjar aylab. 
Falak tundin ko‘mur aylab saranjom
Shafaqdin solibon o‘t anda har shom. 
Ul o‘tni tong yeli birla dam aylab, 
Isitmog‘liq uchun qaddin xam aylab. 
Qamar sarchashmasi har tun to‘ngub muz, 
Muz o‘lg‘on qatralar girdida yulduz. 
Muz aylab yer yuzin oyinaoyin, 
g‘alat qildim, degil oyinai Chin. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling