Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
73
Ko‘rub nargisda mundoq turfa uyqu
Qizortur g‘unchani har lahza kulgu. 
Tilar chun g‘uncha shakkar xanda qilmoq, 
Topar ul kulgudin gul-gul ochilmoq. 
Bulutkim g‘uncha uzra jola otib, 
Hamono kulgusidin bag‘ri qotib. 
Munikim g‘uncha tinmas kulgusidin, 
Muhaqqaq bilma nargis uyqusidin. 
Ochar nargis muza’far tosi chandon
Bo‘lur ul za’farondin g‘uncha xandon. 
Agar xud no‘sh qilmas g‘uncha oni, 
Nedin bas komin aylar za’faronig‘ 
Hamonokim emastur za’faron ul 
Kim, aylar xurda og‘zida nihon ul, 
Chun aylar xurda yig‘mog‘liqqa ohang, 
Tutar bu xurdadin dahr oni diltang. 
Hamono xurda to‘kmakka nigundur, 
Belida yo‘qsa oning ne tugundurg‘ 
Chekar bog‘ ichra bulbul oncha afg‘on, 
Ki, afg‘oni qilur gul bag‘rini qon. 
Va yo gul ko‘rguzur bir raykar ondin
Qizil har bargi bir o‘tluq rar ondin. 
Chu bulbuldin bo‘lur raykorguzin gul, 
Bu ma’ni birla derlar otashin gul. 
Qachon yel qilsa har bargini rora, 
Uchar har sori ul o‘tdin sharora. 
Bo‘lur gulshan harimi sarbasar gul
Latofat ichra bir gulshancha har gul. 
Nasimi subh o‘lur bog‘ ichra gulbor, 
Bo‘lur bog‘ otashin gul birla gulnor
2

Bu o‘t yonida bulbul maskan aylar
Qanot urmoq yelidin ravshan aylar. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
74
Qilur gulbun chu gul ochmoqni ohang, 
Bo‘lur gulshan yuzi gul birla gulrang. 
Bu fasl ichraki olam bo‘ldi gulgun, 
Shafaqgun aksidin mir’oti gardun. 
Huvaydo qildi har gul bir shamoyil
Shah o‘ldi qasri gulgun sori moyil. 
Tuzoldi oncha asbobi tana’um 
Ki, gulshan bo‘ldi oning ostida Kim. 
To‘shab qasr ichra yuz deboi gulrang, 
Qo‘yuldi taxti gardun sori ohang. 
Shah o‘lturdi, yonida shohzoda, 
Qilib orazlarin gulrang boda. 
Qo‘yub taxt ollida kursii gulfom
Bo‘lub ustida Mulkorog‘a orom. 
Turub bazm ichra yuz gulchehrai Chin, 
Borig‘a hulla gulrangu gulogin. 
Mayi gulgun tutub gulchehra soqi, 
Ichar el qo‘ymayin bir qatra boqi. 
Mug‘anniy nag‘ma tortib betaammul, 
Biaynih o‘ylakim, gul fasli bulbul. 
Gul aylab barg, har bir sarvi navxez, 
Qilib har raxnadin qasr ichra gulrez. 
Botib bazm ahli gul bargida to farq, 
Shafaq bahrida mehr o‘lgan kibi g‘arq, 
Chekib gulrang may shahzoda Farhod
Guli ruxsoridin xoqon bo‘lub shod. 
Yuziga boqibu borib o‘zidin, 
Oqib xushvaqtlig‘ ashki ko‘zidin. 
Qilib har lahza mufrit mehr zohir, 
Sochib boshig‘a gah gul, gah javohir. 
Yo‘q ulkim, bazm eli shaydosi oning 
Xitou Chinda vovaylosi oning. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling