Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
70
Yana bir ravza rangi sarbasar nur
Bayoz ichra kirib, andoqki kofur. 
Bo‘lub qasrining ichu toshi marmar,
Ne marmar, yashmi kofuriy sarosar. 
Safodin havzi siymi nob yanglig‘, 
Tala’ludin suyi simob yanglig‘. 
Bo‘lub gachkorlig‘ siymin ravoqi, 
Nechukkim qosh ichinda ko‘zning oqi. 
Bari oq hulladin oyini oning
Bari farshi bo‘lub oq chini oning. 
Yorub har ev xitoyi siymtandin, 
Tan uzra hullasi bargi sumandin. 
Sadafgun havz aro har yon oqib suv, 
Bu suvdin sekregan har qatra inju. 
Bu yanglig‘ to‘rt suratxonai Chin, 
Ichinda to‘rt qasri ravza oyin. 
Qayu bir qasr har ayvon sirehre
Ne suratxonakim, har shamsa mehre. 
Tugandi zeb aro Bog‘i Eramdek, 
Qayu Bog‘i Eram, Baytulharamdek
6

Chu Mulkoro shuruu ehtimomi
Muhayyo qildi ul ishni tamomi. 
Kelib Xoqon qoshida qildi taqrir, 
Munungdek to‘rt mushkil ishni bir-bir 
Dedi chun borchaning kayfiyatin jazm
Tamoshosig‘a Xoqon ayladi azm. 
Surub so‘l yonidin farxunda dastur, 
Savodi mulk royi birla rurnur. 
Yurub o‘ng yonidin shahzoda Farhod, 
Bo‘lub shah shod, bal shahzoda ham shod. 
Guzar aylab burung‘i ravza sori, 
Shahu shahzodau dastur bori. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
71
Tushub chun qildilar azmi tamosho
Desang firdavs o‘lur ul nav’ hosho. 
Ko‘rub bog‘ida yuz turluk ajoyib, 
Topib qasrida ming oncha g‘aroyib. 
Ikinchi xud jinondin bul-ajabroq, 
Uchunchi qasr ondin bul-ajabroq. 
Bo‘lub to‘rtunchida baskim latofat, 
Bu uchdin dog‘i ortuqroq g‘arobat. 
Bu andin yo‘qki, ul mundin kelib xo‘b, 
Biri-birdin kelib matbuu marg‘ub. 
Bo‘lub darkida ojiz aqlu jon ham
Muqir ajzig‘a fahmi xurdadon ham. 
Muni har kim Ko‘rub ra’nou cholok, 
Ani ko‘rgach ketib bu yodidin pok. 
Anga har kim qilib fikru taammul, 
Muni ko‘rgach unutub oni bilkull. 
Berib ustodlarg‘a oncha in’om. 
Ne oncha yuz tama’ qilg‘oncha in’om. 
Biyikroq chekti Mulkoro maqomin, 
Burung‘icha yuz aylab ehtiromin. 
Tutub shahzodag‘a borin musallam
Hamul huru qusuru ravzani ham. 
Solib jashnu tarab tarhini bir yil 
Ki, sharhidin aning ojiz bo‘lub til. 
Dedi dasturi Mulkorog‘akim: «Bot 
Ki, ta’xir ichra keldi biymi ofot. 
Tuzat har yerda onglab fasl chog‘in, 
Uch oyliq ayshu ishratning yarog‘in. 
Hamul uch oyki faslining havosi 
Qilur ul qasr lavni iqtizosi». 
Eshitgach hukm dasturi xiradmand
Buyurg‘on ishga bo‘ldi sa’yrayvand. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling