Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
64
Gahi hanjor ila, gohi qilib zo‘r, 
Solib san’at bila ofoq aro sho‘r. 
Ko‘rub shahzoda andoq kordone, 
Tamoshosig‘a mayl etti zamone. 
Chu tushti, soldilar bir tosh uza raxt, 
Yasab shoh o‘ltururg‘a xoradin taxt. 
Saodat birla tutqoch anda taskin
Dedi: «Ey kordoni san’at oyin. 
Degil bu san’atingdin bizga fasli 
Ki, andin zohir o‘lsun far’u asli. 
Oting aytu oni hamkim bu resha 
Ki, yo‘ng‘ay mumdek xoroni tesha. 
Nedindur ko‘rmaduk bu nav’i hargiz 
Ki, bo‘lmish fahm idpokida ojizg‘ 
Yig‘ochekim qatiqroq bo‘lsa zarra, 
Richoq yetkach bo‘lur andoqki arra. 
Ne suv birla beribsan teshanga zeb 
Ki, tormas xora yo‘nmoq birla oseb. 
Hamul xomangki aylar xora tanqir, 
Aning kayfiyatin ham ayla taqrir». 
Yer o‘rti kordoni naqshrardoz, 
So‘zin qildi duo birla sarog‘oz 
Ki: «To bo‘lg‘ay havodis Ko‘hi-Qofi
6
Chaqilg‘ay ildirim xoro shikofi. 
Havodis toshidin osuda boshing
Ushotsun dardu g‘am boshini toshing. 
Qatiq xasming nasibi xora bo‘lsun, 
Mashaqqat tog‘ida ovora bo‘lsun. 
Chu so‘rdung avval otim shuhratini 
Va so‘ngra san’atim kayfiyatini. 
Otim Qoran, ishim xud oshkoro, 
Qo‘lumda teshau ollimda xoro. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
65
Bukim so‘rdungki metin birla tesha, 
Nechuk sinmay yo‘nar xoro hamesha?
7
Aning suv bermagida holati bor 
Ki, andin aylamasbiz elga ixbor. 
Su bersa o‘yla afzorig‘a ustod, 
Yuz il xoro demaykim, yo‘nsa ro‘lod,
Sinardin teshavar osuda bo‘lg‘ay, 
Tugangay baski ishdin suda bo‘lg‘ay. 
Xito ahli bu san’at aylabon soz, 
Bo‘lub olam elidin ishta mumtoz. 
Bu el ham ulcha men bilganni bilmay, 
Dalilim buki: men qilganni qilmay». 
Chu dono surdi mundoq nuktai pok
Bo‘lub shahzoda bilmakka havasnok 
Dedi: «Ollimda bo‘l shug‘lungg‘a mashg‘ul, 
Ki, bu san’at erur ko‘nglumda maqbul. 
Gahe yo‘ng‘il, gahe naqsh ayla xora, 
Men aylay o‘lturub bir-bir nazora». 
Hunarvar yetkurub gardung‘a boshin, 
Muhayyo aylabon afzoru toshin. 
Ko‘rub shahzoda ko‘nglin shug‘lig‘a band, 
Bo‘lub xorotaroshu naqshrayvand. 
Qayu bir teshakim xorog‘a solib, 
Bu tahsin aylabu hayratqa qolib. 
Bu erdi shug‘li to ul lahzakim mehr – 
Yashurdi burqai xoro aro chehr. 
Qurub ul xoradin shahzoda nokom
Tutub xorosumi ustida orom. 
Savodi shahr sori xoraraymoy, 
Nechukkim tog‘ aro mehri falaksoy. 
Ketur, soqiy, manga bir jomi rangin 
Ki, tushmish g‘am toshi ko‘nglumg‘a sangin 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling