Alisher Navoiy.
Farhod va Shirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
59
Mulkoroning to‘rt ravzai Eram
1
monand bila to‘rt qasri falakrayvand imoratin to‘rt ayirib har biriga
Zuhalvash sarkor va Atorudson me’mor ta’yin qilib rub’i maskundek obodlig‘ig‘a mashg‘ul bo‘lg‘oni
va Farhodning ish tamoshosig‘a kelib, ahli hunar san’atini tamosho qilib, Qorani
2
sangtarosh ishiga
yetishgach g‘arobatidin fahmi teshasi ul ish idpoki xorasidin kund bo‘lub, quyosh mag‘rib tog‘ig‘a
mayl etgondek, aning xorosi ustiga tushub, metin tilidin so‘z surub, xoro sadosidin javob topib, ul ish
mayli mumdek ko‘ngliga «Kan-naqshi fil-hajar»
3
bo‘lg‘oni
Muhayyo aylagan bu korxona,
Bu yanglig‘ surdi vaz’idin fasona
Ki chun shah qildi Mulkoroni ma’mur
Binolar mulkdin qilmoqda ma’mur.
O‘zi
otlandi davlat birla xushhol,
Tushub davlat kibi ollinda iqbol.
Rikobida hakim erdi adadsiz,
Muhandisshevalar ollinda hadsiz.
Kezib Chin davrida shodu qadahkash,
Aningdek to‘rt mavzi’ qildilar xush.
Ki har bir ko‘rguzub
jannat fazosi,
Fazosidek suvi birla havosi.
Kelib bir faslg‘a har bir muvofiq,
Bo‘lub shahzoda oromig‘a loyiq.
Topib devor arkonini avval,
Buyurdi har biriga to‘rt jadval.
Chekildi bir yig‘och
tul ichra har xat,
Yig‘och o‘rni ham o‘ldi xat bar xat.
Chu torti bog‘ tarhi zebu oyin,
Qilildi to‘rt qasr o‘rnini ta’yin.
Buyurmoqta o‘tub dorog‘a navbat,
Yetishti ishta Mulkorog‘a navbat.
Xito mulkida erdi ikki ustod,
Ikavlon tav’amonlig‘ birla hamzod.
Laqabda
biri Boniy
4
, biri Moniy,
Muni ko‘rgan tasavvur aylab oni.
Qilib me’morliq Boniy ishin fosh,
Kelib Moniy Xito mulkida naqqosh.
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: