Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
83
Kim ul mazlum ko‘chakdil tushubtur. 
Netaykim zo‘ridindur ril ojiz 
Ki, sindurmas singak nishini hargiz. 
Ne osig‘ sherdin ko‘p zo‘r ranja, 
Ayog‘ida chu bo‘lmas mo‘r ranja. 
Ne sud, ar ilm aro fardi zamondur, 
Chu jahl ahlig‘a biymidin amondur. 
Emastur anda bu xudroylig‘din, 
Erur olamg‘a berarvoylig‘din. 
Necha bu ishta bo‘ldum fikratandish, 
Davo yo‘q erdi, qolmish emdi bir ish. 
Anga tutsam musallam saltanatni
Zarurat tark qilg‘ay bu sifatni. 
Qachon ish tushsa o‘z boshig‘a beshak, 
O‘ziga tutqusidur borcha emgak. 
Chu qildi olam ahlig‘a taahhud, 
Yomon elga bo‘lur vojib tashaddud. 
Siyosatni birov chun qildi bunyod, 
Bo‘lur tadrij birla tab’i mu’tod. 
Bu ishning lazzatin chun torti komi, 
Bo‘lur har lahza ko‘rrak ehtimomi. 
Bu ra’yi birla xoqon xushdil o‘ldi 
Ki, ya’ni borcha komi hosil o‘ldi. 
Torildi ishga chun bu nav’i taqrib, 
Ravon shohona jashne qildi tartib. 
Tilab arkoni davlatning tamomin
Qilib hozir eshikning xosu omin. 
Berib shahzodag‘a yonida manzil, 
So‘z og‘oz etti oson, lek mushkil 
Ki, chun Haq aylabon zohir hidoyat, 
Manga qildi jahonbonlig‘ inoyat. 
Xitou Ching‘a berdi komronlig‘, 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
84
Qayon azm aylasam kishvarsitonlig‘. 
Tajammul haddi imkondin fuzunroq, 
Nekim qilsam Kimon ondin fuzunroq. 
Ne komekim taxayyul ichra sig‘may, 
Ne ayshekim taaqqul oni yig‘may. 
Borig‘a qildi ko‘nglumni barumand, 
Karomat qildi borin g‘ayri farzand. 
Bukim mulkumga yo‘q erdi valiahd
Og‘u ta’mi bErur erdi yesam shahd. 
Bu g‘amdin muttasil rajmurda erdim, 
Hayotim bog‘idin ozurda erdim. 
Chu yig‘lab yerga ko‘p qo‘ydum yuzumni, 
Yorutti Haq sening birla ko‘zumni. 
Bihamdillah, nekim qildim tamanno, 
Borin iqboldin tortim muhayyo. 
Bu kun yuz shukrkim qildi O‘g‘onim, 
Seni ming onchakim bo‘lg‘ay Kimonim. 
Chu Haq zotingni koni ma’ni etmish, 
Xaloyiq vasfidin mustag‘ni etmish. 
Ne ishtin bo‘lsa shahlig‘ e’tibori, 
Bukun mavjud erur zotingda bori. 
Falak rili sahardin cheksa xartum
Qoshingda rashsha xartumicha ma’lum. 
Ulumung bahridin olsoq hisobi, 
Atorud shaklidur andin hubobi. 
Zamiring vasfi mustahsan emastur, 
Quyosh ravshan demak ahsan emastur. 
Seni dono demak yoxud xiradmand
Demakdurkim achig‘ maydur, chuchuk – qand. 
Bukun andinki bor Haqning qazosi, 
Kuhulat birla shayxuxat arosi. 
Yoshim ellik bavodisin tay etmish, 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling