Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
95
Tirik bor ersa donoyi xiradmand
Ochar borg‘on kishi ashkolidin band. 
Vagar qaydi hayot ichra emastur, 
Kishiga ne g‘arazkim multamasdur. 
Tavajjuh chun aning ruhiga qilg‘ay, 
Girihlik rishtai bandi ochilg‘ay». 
O‘qug‘och shohzoda qissani pok, 
Bu mushkul hallig‘a bo‘ldi havasnok. 
Oningdek g‘olib o‘ldi iztirobi 
Ki, bu fikr uzra bordi xo‘rdu xobi. 
Chu Xoqon fahm qildi muddaosin 
Uzotti man’i uzra mojarosin. 
Nechakim shoh ko‘rrak tutti mavquf, 
Vale shahzoda ko‘rrak bo‘ldi mash’uf. 
O‘g‘ulg‘a garchi mushkul hol tushti, 
Atog‘a sa’broq ahvol tushti. 
O‘g‘ulg‘a yuzlanib andoq suubat, 
Atog‘a andin ortug‘roq uqubat. 
Ketur, soqiy, sharobi bexudona 
Ki, sa’b ish soldi ollimg‘a zamona. 
Nechakim sa’b erur gardun jafosi
Erur bexudlug‘ ul ishning davosi. 
XX 
Farhodqa Yunon mulki azimati jazm bo‘lub, hikmat bila Mulkoroni chorlab, so‘z kumaytini Yunon 
vodiysig‘a solib, tilism muddaosin, balki muddao tilismin aning qoshida ochqoni va Mulkoro ani 
nasihat bila mumtane’ qila olmay muddaosin xoqong‘a arz qilib, bu muhlik so‘zdin Xoqonning ruhi 
Farhodi badan Chinidin adam Yunonig‘a yuzlangali yovushub, Mulkoro bila ko‘p mashvarat 
qilg‘ondin so‘ngra Farhod bila Yunon mulkiga cherik tortib borurni muqarrar qilg‘oni 
Bu mehnat sharhin ulkim qildi tahrir, 
Bu yanglig‘ ayladi afsona taqrir 
Ki, chun shahzodag‘a javri havodis, 
Munungdek mushkul amre qildi hodis. 
Aningdek bordi oromu qarori 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
96
Ki, chiqti o‘z qo‘lidin ixtiyori. 
Bu erdi bimkim devona bo‘lg‘ay, 
Xirad oyinidin begona bo‘lg‘ay. 
Tuta olmay chu ul savdoni rinhon, 
Tilab xilvatda Mulkoroni rinhon. 
Anga taqrir qildi mojarosin, 
Havas ko‘ngli aro solg‘on balosin. 
Dedikim: Gar gado, gar shoh bo‘lsun, 
Agar g‘ofil, vagar ogoh bo‘lsun, 
Tana’um birla mehnat xo‘bu zishti, 
Nekim bo‘lmish azaldin sarnavishti
Ani to ko‘rmagay imkon emastur, 
Xirad ollinda bu rinhon emastur. 
Agar shoh, ar gadodur odamizod, 
Emas bo‘yni qazo hukmidin ozod. 
Yozilg‘on nuktani tag‘yir qilmoq, 
Erur suv uzra xat tahrir qilmoq. 
Qazo kilki ne xatkim qildi mastur, 
Emas hargiz ani tag‘yiri dastur. 
Zamonning bori ishda zufununi
Erur gardun fununining zabuni. 
Kishining yer yuziga hukmi yetsun, 
Qazoyi osmoni yetsa, netsung‘ 
Xaloyiq ajzidinkim nuktaronmen, 
Bulardin men dog‘i bir notavonmen. 
Nekim ollimg‘a yozmish kilki taqdir
Manga yo‘qtur ani ko‘rmakka tadbir. 
Azalda bu emish Haqning qazosi, 
Mening ollimg‘a bu ish ibtilosi. 
Aningkim ko‘ngli tormish aqldin nur. 
Kerak tutsa meni bu ishda ma’zur. 
Bukun ollimg‘a tushmish turfa holat, 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling