Z nishanova, G. Alimova


Download 485.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/74
Sana31.01.2024
Hajmi485.46 Kb.
#1831139
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Bog'liq
Bolalar psixologiyasi va uni o\'qitish metodikasi. Nishonova Z, Alimova G




O 'ZB EK ISTO N RESPUBLIKASI OLIY VA 0 ‘RTA 
MAXSUS TA’LIM VA ZIRLIGI
Z. NISHANOVA, G. ALIMOVA
BOLALAR 
PSIXOLOGIYASI VA UNI 
0 ‘QITISH METODIKASI
Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi ilmiy-uslubiy va o‘quv-uslubiy 
birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtirish Kengashi tomonidan Oliy 
o‘quv yurtlari Maktabgacha ta’lim (5141700) bakalavriat yo‘nalishi 
talabalari uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan
0 ‘ zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti
Toshkent — 2006


Z. Nishanova, G. Alimova. Bolalar psixologiyasi va uni o'qitish metodikasi. 
0 ‘quv qo‘llanma. -Т.: 0 ‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot 
jamg‘armasi nashriyoti, 2006. 160 b.
Qo'llanmada bolalar psixologiyasi fanining dolzarb muammolari 
yoritilgan. Chaqaloqlik, go'daklik, ilk bolalik,maktabgacha tarbiya yoshidagi 
bolalaming bilish jarayonlari, irod^viy-hissiy xislatlari va psixologik 
xususiyatlari bayon etilgan. Shu bilan birga bolalar psixologiyasini o'qitish 
metodikasi fanining muhim jixatlari ochib berilgan. Qo‘lIanma psixologlar, 
tarbiyachilar, pedagoglar, maktabgacha tarbiya muassasasining 
mutaxassislariga, talabalaiga mo'lajalangan.
Taqrizchilar: 
F.I.HAYDAROV
psixologiya fanlari nomzodi, dotsent; 
X.ALIMOV
psixologiya fanlari nomzodi,dotsent.
© 0 ‘ zbekiston Yozuvchilar uyushmasi 
Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2006.


KIRISH
Har tomonlama yetuk, barkamol shaxsni tarbiyalash hozirgi 
kim ta’lim tizimi oldidagi dolzarb muammolardan biridir. Barkamol 
shaxsni tarbiyalashda u dunyoga kelganidan boshlab, to maktabgacha 
tarbiya yoshigacha bo‘lgan davrdagi psixologik xususiyatlarini bilish 
tarbiyachilar, pedagoglar va psixologlar, ota-onalar uchun muhim 
ahamiyatga ega. 0 ‘quv qo'llanmada maktabgacha tarbiya yoshidagi 
bolalik, ya’ni bola tug'ilganidan boshlab, maktab yoshigacha bo'lgan 
davrini qamrab olgan.
0 ‘quv qo‘llanmada bolalar psixologiyasining hozirgi vaqtdagi 
dolzarb muammolari ko‘proq o‘z aksini topgan. Mamlakatimiz 
prezidenti I.A.Karimov asarlarida 0 ‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim 
to‘g‘risida”gi Qonunda, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida, Milliy 
istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillarida tarbiyachilar
pedagoglar oldiga ulkan vazifalami yuklamoqda.
Ana shu vazifalami amaliyotda o‘z ifodasini toptirishda bolalar 
psixologiyasi va uni o'qitish metodikasi fani muhim rol o'ynaydi. 
0 ‘quv qo'llanma ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismida bolalar 
psixologiyasi fanining metodlari, vazifalari va uning boshqa fanlar 
bilan aloqasi, chaqoloqlik, go'daklik, ilk bolalik va maktabgacha 
tarbiya yoshidagi bolalaming bilish jarayonlari, hissiy-irodaviy, 
motivatsion jihatlarining shakllanishi chuqur tahlil qilingan. 
Qo‘llanmaning ikkinchi qismida bolalar psixologiyasi, umumiy 
psixologiya, yosh va pedagogik psixologiya kabi fanlardan ma’ruza, 
seminar, laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha qimmatli 
materiallar berilgan.
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da belgilanganidek, darslik 
va o‘quv qo‘llanmalaming yangi avlodini tayyorlash ishiga mualliflar 
tomonidan tayyorlangan o‘quv qo‘llanma munosib hissa qo‘shadi, 
degan umiddamiz.

Download 485.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling