Z nishanova, G. Alimova


Bolalar psixologiyasi fanining yosh psixologiyasi tarkibidagi o‘rni


Download 485.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/74
Sana31.01.2024
Hajmi485.46 Kb.
#1831139
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Bog'liq
Bolalar psixologiyasi va uni o\'qitish metodikasi. Nishonova Z, Alimova G

Bolalar psixologiyasi fanining yosh psixologiyasi tarkibidagi o‘rni
Bolalar psixologiyasi — yosh psixologiyasi fanining bo‘limlaridan 
biridir. Yosh psixologiyasi, shu jumladan, bolalar psixologiyasining 
psixologiya fanidagi boshqa tarmoqlardan farqi shundaki, u psixik 
liodisalaming o‘zini emas, balki rivojlanishi va yosh bilan bog‘liq 
ravishda o‘zgarishini tadqiq etadi.
Yosh psixologiyasining bugungi kundagi eng muhim muammolari 
(juyidagilardan iborat:
a) turli psixofiziologik funksiyalaming yoshga oid me’yorlarini 
ilmiy jihatdan asoslab berish;
b) individ, shaxsning yetuklik mezonlari va namunalarini aniqlash;


c) hayotning turli bosqichlarida insonning real va potentsial 
imkoniyatlari qanday bo'lishini aniqlash;
d) inson hayotining dastlabki bosqichlari uning kelgusidagi 
taraqqiyotida qanday rol o'ynashini tushunish va ilmiy bashorat qilish.
Ushbu muammolami hal etish uchun inson hayotining har bir 
bosqichida — bolalik, o'spirinlik, yetuklik va qarilikda uning psixikasida 
ro'y bergan o'zgarishlami chuqur} o'rganish talab etiladi.
Ayrim o‘rinlarda bolalar psixologiyasiga sinonim sifatida “genetik 
psixologiya” tushunchasi ishlatilmoqda. Bu holatni to‘g‘ri deb baholash 
mumkin emas. Chunki genetik psixologiya psixik jarayonlaming paydo 
bo'lishi va rivojlanishini o'rganadi. Bolalar psixologiyasining predmeti 
esa faqat psixik jarayonlar taraqqioyti bilangina cheklanib qolmaydi.
1.4. Bolalar psixologiyasi: nazariya va amaliyot
Psixologiya fani nazariyasi va amaliyoti ajralmas birlikni tashkil etadi. 
Albatta, ular o'rtasida muayyan farqlar mavjud. O'rtadagi farq ulaming 
maqsadlari, konseptual apparati, metodologiyasi va ular doirasida amalga 
oshiriladigan chora-tadbirlarda yaqqol namoyon bo'ladi.
Fundamental—nazariy tadqiqotlaming asosiy maqsadi amaliyot 
uchun bo'lgan ahamiyatidan qa’ti nazar, psixik hodisalar haqidagi 
bilimlarni kengaytirib borishdan iborat. Amaliy psixologiya esa 
kundalik hayot bilan bog'liq konkret muammolami hal etishga 
qaratilgan tadqiqotlami o'tkazadi. Fundamental tadqiqotlarda 
tadqiqotchi shaxsining ta’sirisiz ham ilmiy metod o'z vazifalarini 
bajaradi. Ammo amaliy psixologiyada psixolog shaxsi metodning 
ajralm as qismi b o 'lib hisoblanadi. N azariy izlanishlarda 
q o 'lla n a y o tg a n m e to d larn in g ish o n c h lilig i, validligi, 
reprezentativligi muhim ahamiyat kasb etsa, amaliy psixologiyada 
bular asosiy rolni o'ynamaydi. Shunga qaramay, bola psixik 
taraqqiyotiga xos qonuniyatlar va nazariy bilimlarni egallabgina 
haqiqiy professional mutaxassis-psixolog, tarbiyachi bo'lib yetishish 
mumkin. L.F.Obuxova o'rinli ta’kidlaganidek, bolalar psixologiyasi 
sohasidagi nazariy vazifalar hal etilgandan keyin ilmiy bilimlarni 
amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlari ham kengayadi.

Download 485.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling