Z nishanova, G. Alimova
Psixologik tadqiqotni o‘tkazish shakllari
Download 485.46 Kb. Pdf ko'rish
|
Bolalar psixologiyasi va uni o\'qitish metodikasi. Nishonova Z, Alimova G
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3. Bolalar psixologiyasining asosiy va yordamchi metodlari
2.2. Psixologik tadqiqotni o‘tkazish shakllari
Bolani o'rganish ikki asosiy shaklda: “ko‘ndalangiga kesim” va “uzunasiga kesim” metodi deb nomlanuvchi tadqiqot shaklida amalga oshiriladi. Tadqiqot ko‘ndalangiga kesim shaklida o'tkazilganda turli yoshdagi bolalar guruhlarida muayyan psixologik jarayon, holat yoki xususiyat c>‘rganiladi va har xil yosh bosqichidagi bolalar ustidan olib borilgan tadqiqot natijalari o'zaro solishtiriladi. Masalan, D.B.Elkonin kichik, o‘ria va katta maktabgacha yoshdagi bolalaming syujetli-rolli o‘yinlariga xos xususiyatlarni o'rganib, o'zaro solishtirib bolalar o ‘yinlari taraqqiyotiga xos umumiy qonuniyatni aniqlagan. Ko‘ndalangiga kesim shaklidagi tadqiqotda asosiy e’tibor sinaluvchi bolalar yoshidagi farqlaiga qaratUishi kerak. Farq qanchalik kichik bo‘lsa, psixolog- tadqiqotchi bola psixikasi va shaxsidagi muhim o'zgarishlami payqash uchun ko'proq imkoniyatga ega bo'ladi. Tadqiqot uzunasiga kesim shaklida o'tkazilganda bir yoki bir necha bolaning muayyan vaqt oralig'idagi hayoti o'rganiladi. Tadqiqotchi uzluksiz ravishda bir yosh bosqichidan ikkinchisiga o‘tishda bola psixikasi va hulq-atvorida ro‘y beruvchi o‘zgarishlami aniqlab boradi. Masalan, maktabgacha ta’lim muassasasida yangi dastur bo'yicha ish boshlangan bo‘lsa, muassasaga endi qabul qilingan bolalami 4- 5 yil uzluksiz oerganish Orqali dastuming bola taraqqiyotiga ta’sirini aniqlash va u haqida xulosa chiqarish mumkin bo'ladi. Uzunasiga kesim shaklidagi tadqiqot shuningdek, ayrim hollarda longityud tiidqiqot ham deb ataladi. Tadqiqotning bu shakli ancha murakkab va ko‘p vaqt talab etadi. 2.3. Bolalar psixologiyasining asosiy va yordamchi metodlari An ’anaviy ravishda tadqiqot metodlari asosiy va yordamchi metodlaiga njratiladi. Asosiy metodlar - kuzatish va eksperiment — bola taraqqiyoti haqida ishonchli ma’lumot bera oladi. Yordamchi metodlar — test, so'rov, faoUyat mahsullarini o‘iganish — tasvirlovchi ma’lumot berib, bu ma’lumot asosida faqatgina taxminlami ilgari surish mumkin bo‘ladi. Kuzatish. Kuzatish - psixologik tadqiqotning asosiy empirik metodlaridan biri bo'lib, psixik hodisalami maqsadga muvofiq va tizimli ravishda idrok etishga asoslangandir. Kuzatish — tadqiqot vazifaiaridan kelib chiqib maxsus tashkil etilgan idrok jarayonidir. Kuzatish quyidagi talablarga javob berishi kerak: 1. Kuzatishdan oldin uning maqsadi aniq belgilanishi kerak: bola psixikasi, xulq-atvori va faoliyatining qaysi tomonlari kuzatilishini aniqlashtirish lozim. 2. Kuzatish ob’ektiv bo'lishi kerak: kuzatishda faqat u yoki bu liolat, hodisani qayd etish, uni sub’ektiv talqin etishga o'tmaslik lozim. 3. Kuzatish muntazam, katta vaqt oraliqlarisiz o'tkazilishi kerak. 4. K uzatish shunday o ‘tkazilishi kerakki, bola uning kuzatilayotganini bilmasligi lozim. Kuzatishni amalga oshirayotgan tadqiqotchi kuzatilayotgan hodisalami tez qayd eta olish mahoratiga ega bo'lishi zarur. Kuzatishning quyidagi turlari mavjud: a) ichki kuzatish, tashqi kuzatish va kiritilgan lcuzatish; b) standartlashtirilgan va standartlashtirilmagan kuzatish; c) frontal va tanlanma kuzatish. Kuzatish m etodining asosiy kamchiligi shundaki, unda kuzatilayotgan hodisalarga faol ta’sir ko‘rsatish, ulami o‘zgartirish, kuzatish amalga oshirilgan vaziyatni xuddi shunday ko‘rinishda qaytadan yaratish imkonsisdir. Shunga qaramay bu metod haligacha asosiy psixologik metodlardan biri bo‘lib kelmoqda. Download 485.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling