Z nishanova, G. Alimova


Download 485.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/74
Sana31.01.2024
Hajmi485.46 Kb.
#1831139
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   74
Bog'liq
Bolalar psixologiyasi va uni o\'qitish metodikasi. Nishonova Z, Alimova G

8


II - BOB
BOLALAR PSIXOLOGIYASI FANINING METODLARI
Bolalar psixologiyasi fanining taraqqiyoti ikki asosiy yo‘nalishda 
kechadi: psixik taraqqiyot manbalari muammosining nazariy hal etilishi 
va bolalar psixikasini o'rganishning yanada samaraliroq metodlarini 
qidirish. Psixik taraqqiyot manbalari muammolarini nazariy hal etish 
deganda ushbu muammo bilan, shug'ulangan asosiy psixologik 
maktablar va yo‘nalishlar vakillarining qarashlari tushuniladi. Bola 
psixikasini o‘rganishning yanada samarali metodlarini qidirish bolalar 
psixik taraqqiyotiga xos xususiyatlar haqida aniqroq axborot olishga 
xizmat qiladigan metodlami ishlab chiqishni anglatadi.
2.1. Bola psixikasini o‘rganish printsiplari
Bola psixikasini o‘rganishda tadqiqotchi bir qator pritnsiplar — 
qoidalaiga tayanishi, ulaiga rioya etishi lozim bo‘ladi.Bu printsiplar 
quyidagilardan iborat:
Ob’ektivlik prinsipi tadqiqotchidan ma’lumotlar bilan ulaming 
talqinini aralashtirib yubormaslikni talab qiladi. Masalan, mashg'ulot 
davomida bola oynadan tashqariga qarayotgan edi deb aytilsa, bu 
muayyan hodisa haqidagi ma’lumot bo‘Ub hisolanadi. Lekin “bola 
e’tiborsiz” deb aytish hodisaning talqinidir. Hodisaning o‘zi bilan 
uning talqinini aralashtirib yubormaslik kerak. Chunki yuqoridagi 
misolda ham bola oynaga qarab turgan esa-da, tarbiyachi so‘zlariga 
katta e’tibor berayotgan bo‘lishi mumkin.
Sababiylikprintsipi bola shaxsi va ongida yangi sifatlaming hosil 
bo‘lishini ta’minlovchi barcha shart-sharoit va omillami imkon qadar 
«‘rganishni talab qiladi. Masalan, mashg‘ulot davomida bola tez-tez 
oyna tarafga qarayotgan bo‘lsa, bu hodisaning iloji boricha ko‘proq 
sabablarini aniqlashga urinish kerak: ko'chadagi biron narsa bola 
e’tiborini o'ziga tortdimi, mashg'ulotda bola charchab qoldimi
o'tilayotgan material bolaga yaxshi tanishmi va hokazo.
Sinchkovlikvamuntazamlikprintsipi bolapsixikasi shakllanishi
9


jarayonini, bunda psixolog va pedagoglar ta’sirini sinchkovlik bilan 
kuzatib borishni talab qiladi. Ushbu printsipga muvofiq oldindan:
a) tadqiqot joyi va vaqti aniqlanishi kerak;
b) tadqiqotda o‘rganiladigan sinaluvchilar tanlanmasi tuzilishi lozim;
c) tadqiqot qaysi vaqtda va qanday vaqt oraliqlarida o‘tkazilishini 
belgilash zarur. Ushbu bandlar belgilangach, ulardan chetga chiqmaslik 
kerak, ya’ni qandaydir sub’ektiv sabablar bilan shoshilinch xulosalar 
chiqarmaslik, tadqiqotni bevaqt tugatish hollariga yo‘l qo‘ymaslik kerak. 
Aks holda ob’ektivlik printsipi buzilgan bo'ladi.

Download 485.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling