Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
105
Kelur kayfiyatidin so‘rdi taqrir 
Ki, qat’ etmakda bu yanglig‘ uzun yo‘l, 
g‘arazni onglatingkim qaysidur ul. 
Dedi shah sarbasar shahzoda holin, 
Boshig‘a ko‘zgudin tushgan xayolin. 
Hakimi nuktadon chun bildi holat, 
Ham o‘ldi shodu ham torti malolat. 
Quchub shahzodani ko‘nglin qilib shod
Dedi: «Sen, senki oting keldi Farhod». 
Suhaylo chun otin tahqiq qildi, 
Nekim ul so‘rdi, bu tasdiq qildi. 
O‘pub mongloyini donoyi ogoh, 
Sujud aylab, dedi: «Alhamdulilloh 
Ki, oncha o‘lmadimkim, charxi g‘ammoz 
Meni bu komima qildi sarafroz. 
Necha yuz yil durur g‘or ichradurmen, 
Necha yuz ranju timor ichradurmen. 
Manga Jomosrdin erdi bu e’lom, 
O‘zidin so‘ngki yozmish erdi ahkom
5
Ki, mendin so‘ngra garduni sabukray 
Chu ming yil aylasa yer davrasin tay. 
Chiqib shahzodae Chin kishvaridin, 
Kelib Yunong‘a davlat rahbaridin
Oti Farhodu har donishda mohir, 
Saodat farri ruxsorinda zohir, 
Tutub ranju anog‘a jonu jismin
Ochar Iskandari Rumiy tilismin 
Va lekin ikki manzil bo‘lg‘usidur, 
Ki oning qat’i mushkil bo‘lg‘usidur. 
Birida ajdar aylab jonsitonlig‘, 
Damidin qilg‘usi otashfishonlig‘. 
Birida Ahraman aylab sitam fosh, 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
106
Havodin boshig‘a yog‘durg‘usi tosh. 
Suhaylo hikmatoyini rasadband 
Ki, ul bo‘lg‘usi mendin so‘nggi farzand. 
Qabul etsun duo birla salomim, 
So‘ngida bo‘yla fahm etsun rayomim 
Ki, bu maqsadg‘a qasd etkanda Farhod, 
Aning maqsudig‘a ko‘rguzsun imdod. 
Ul ishga mayl ko‘p shah qilg‘usidur, 
Vale Farhoddin ochilg‘usidur. 
Suhaylo ham bu maxfiy sirni bilsun 
Ki, gar qilsa madad, bu birga qilsun. 
Chiqar, ajdarni o‘ldurganda Farhod, 
Aningdek ganjkim olam bo‘lur shod. 
Topar chun devni qatl etti, kini, 
Sulaymoni nabining xotamini
6

Tilism ul kunki ochg‘ay bemadoro, 
Bo‘lur Jamshed jomi oshkoro. 
Bularni qilsa davlat ong‘a taslim, 
Barisin aylasun Xoqong‘a taslim. 
Anga Suqroti dono manzari bas
Yana Oyinai Iskandari bas. 
Olib Suqrotdin ul ishda talqin, 
Ravon ko‘zguga bo‘lg‘ay ozimi Chin. 
Ko‘rub ko‘zguda nekim, ko‘rgusidur 
Ki, davron boshig‘a kelturgusidur». 
Chu dono munda tortib so‘z xitobin, 
Chekib vallohu a’lam bissavobin: 
«Men ul rayg‘omdinkim muftaxirmen, 
Necha yuz yil dururkim muntazirmen. 
Qilibmen borcha mushkullarg‘a tadbir 
Kim, ul kelgusidur ollingg‘a bir-bir». 
QO‘pub ul g‘or reshonig‘a bordi, 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling